Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi: «Oltinga teng uch ochko»

Xavi: «Oltinga teng uch ochko»

Baho:
+ | -

«Barselona» 8 yanvar kuni Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida «Atletiko»ga qarshi safarda maydonga chiqib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Oltinga teng uch ochko. Biz o‘z imkoniyatimizdan foydalandik. Ular bizga qarshi pressing ishlatishdi, ammo biz vaziyatdan qanday chiqib ketishni bilardik. O‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish muhim edi. Men «Espanyol»ga qarshi o‘yindan keyin biz ko‘prog‘iga munosib bo‘lganimizni aytgan bo‘lsam, bugun esa unchalik yaxshi o‘ynay olmasdan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Bu g‘alaba biz uchun shunchaki 3 ochko emas. U bizga ulkan ruhiy ko‘tarinkilik va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni beradi. Mana shunday og‘ir maydonda mashaqqat bilan g‘alaba qozonishni uddaladik. Biz La ligada g‘olib chiqishga da’vogarmiz.

Shuningdek, muhim o‘yinchimiz hisoblangan Levandovskisiz g‘alaba qozonish muhim edi», — dedi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» mazkur g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 41 taga yetkazdi va 2-o‘rindagi «Real»dan 3 ochkoga ilgarilab ketdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 11:22, 09.01.2023.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.