Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko

"Sho‘rtan"da yangi bosh murabbiy ish boshladi

"Sho‘rtan"da yangi bosh murabbiy ish boshladi

Baho:
+ | -

Bugun "Sho‘rtan" futbol rahbariyati 2023 yilgi futbol mavsumida jamoani boshqarib boradigan murabbiylarni futbolchilar va klub xodimlariga tanishtirdi.

"Bo‘rilar"ni 2023 yilgi futbol mavsumida 2011 yil Meksikada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yetarli darajada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Aleksey Yesatfeev boshqarib boradigan bo‘ldi. Unga o‘z vaqtida mohir hujumchi bo‘lgan, o‘tgan mavsumda Yaypanning "Turon" jamoasida bosh murabbiy bo‘lib faoliyat yuritgan Anvar Berdiyev yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Sherzod Kattayev ishlaydi.

Bugunning o‘zida klub bosh menejeri Shamil Yarulin jamoaning yangi murabbiylar shtabini klub xodimlariga va futbolchilarga tanishtirdi va jamoa oldiga 2023 yildagi maqsad va vazifalarni belgilab berdi.

Jamoa yangi murabbiylar shtabi bilan bugunning o‘zidayoq mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi.

Aleksey Yestafeevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2001 yil Qibray futbol maktabi, 2002-2009 yillarda «Paxtakor» futbol maktabi, 2009-2011 yillarda O‘zbekiston U15-U17 terma jamoalarida, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston U18-U20 jamoalarida assistent murabbiy lavozimida, 2013-2014 U18-U19 O‘zbekiston terma jamoalarida bosh murabbiy, 2014-2016 yillarda Farg‘onaning «Neftchi» jamoasida bosh murabbiy, 2017 yilda “Kuban” FK futbol maktabida, 2018-2020 yillarda “Baltika” akademiyasida, 2021-2022 “Otkritiye” futbol maktabida murabbiy lavozimida ishlagan.

Anvar Berdiyevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2019 yil Farg‘onaning «Istiqlol» jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2020 yil Buxoroning «Buxoro» jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2021 yil Yaypanning «Turon» jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2022 yil «Turon» jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Sherzod Kattayevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2012-2018 yillarda «Nasaf» futbol maktabida, 2018-2019 yillarda Qashqadaryo viloyat futbol maktabida, 2020 yilda «Sho‘rtan» futbol klubida, 2021-2022 yillarda Qirg‘izistonning “Alay” jamoasida darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Kiritildi: 21:28, 10.01.2023.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.