Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ayollar futboli musobaqalari 2023 yildan boshlab O‘FA tomonidan o‘tkaziladi

Ayollar futboli musobaqalari 2023 yildan boshlab O‘FA tomonidan o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

O‘zPFL 2023 yildan boshlab ayollar futboli musobaqalari O‘FA tomonidan o‘tkazilishini ma’lum qildi.

"O‘zbekiston Professional futbol ligasi ayollar futboli darajasini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida mehnat qildi. O‘zbekiston Oliy ligasi, Birinchi ligasi, mamlakat kubogi, Superkubogi kabi bellashuvlar so‘nggi 5 yil davomida Liga tomonidan o‘tkazib kelindi. Shuningdek, 2021 yilda asos solingan O‘zbekiston U16 chempionatining ilk mavsumi ham Liga tomonidan tashkil etildi.

Biz o‘tgan davr ichida “Sevinch”, “Bunyodkor-W”, “So‘g‘diyona-W” kabi jamoalarning qiziqarli raqobatiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, AGMK ayollar jamoasi so‘nggi uch yilda katta o‘sishga erishdi. Markaziy o‘yinlar Liga tomonidan jonli efirga olib chiqildi.

O‘zbekiston ayollar jamoalarini lisenziyalash jarayoniga jalb eta olgan Osiyoning to‘rt mamlakati qatoridan joy oldi. Ikki nafar klub bevosita OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi. Buning natijasida FIFA O‘zbekiston ayollar futboli uchun moliyaviy grant ajratishga qaror qildi.

Bugunga kelib ayollar futbolida mehnat qilayotgan mutaxassislar, to‘p surayotgan futbolchilarga mavsum uchun topshiriladigan sovrinlar erkaklar futbolidagi kabi ko‘rinishga keltirilgan. 2022 yil yakunlariga ko‘ra ilk bor eng yaxshi ayol referini aniqlash ham yo‘lga qo‘yildi.

FIFA talabidan kelib chiqib, ayollar futboli musobaqalari bevosita assosiasiya tomonidan o‘tkaziladi. 2023 yilga kelib O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham yuqorida qayd etilgan barcha musobaqalarni boshqarib boradi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi ayollar futbolida mehnat qilayotgan barcha-barchaga o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi. Ishonamizki, assosiasiya rahbarligida ayollar chempionati yangi bosqichga chiqadi va katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritadi. Biz assosiasiya bilan birgalikda ayol futbolchilarning huquq va erkinliklari barcha tomonidan hurmat qilinishi shartligi prinsipida ishlashda davom etamiz", - deyiladi O‘zPFL bayonotida.

Manba: UZPFL
Kiritildi: 14:39, 12.01.2023.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.