Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Afrikalik sobiq futbolchi o‘z itlari hujumiga uchrab, vafot etdi

Afrikalik sobiq futbolchi o‘z itlari hujumiga uchrab, vafot etdi

Baho:
+ | -

Zambiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Filemon Mulala o‘z itlarining qurboniga aylandi. Bu haqda BBC’ga tayanib, «Sport-Ekspress» xabar qilmoqda.

60 yoshli Mulalaning jasadi 7 yanvar kuni Lixtenburgdagi (JAR) hovlisining bog‘idan topilgan. Uning turmush o‘rtog‘i Filemonni jonsiz holatda ko‘rganidan keyin tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan, shifokorlar Mulala voqea joyida vafot etganini qayd etgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Mulala o‘z itlarining yetkazgan jarohati oqibati vafot etgan. Jonivorlar maxsus muassasalarga yuborilgan. Ayol dastlab itlarning hurishiga e’tibor qaratmagan, sababi ularning uyi gavjum ko‘chada joylashgan bo‘lib, itlarning ovoz chiqarishi odatiy holga aylangan.

Qayd etilishicha, itlar tajovuzkor zotga mansub bo‘lgan — pitbulterer va staffordshir terer.

Mulala Zambiya terma jamoasi safida oltita o‘yin o‘tkazgan va uchta golga muallif bo‘lgan. U o‘z mamlakati va JAR klublarida faoliyat olib borgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:15, 13.01.2023.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик