Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ulug‘bek Hoshimov: "Raqobatdan qo‘rqmayman"

Ulug‘bek Hoshimov: "Raqobatdan qo‘rqmayman"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Neftchi" futbol klubi Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Iqtidorli hujumchi va OTJ a’zosi Ulug‘bek Hoshimov ham jamoa bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub matbuot xizmati Turkiyadagi jarayon va o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha Ulug‘bek Hoshimov bilan intervyu tashkilladi, uni e’tiboringizga havola qilamiz.

-Ulug‘bek yangi mavsumga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

-Tayyorgarlik rejasiga asosan hozirgi kunda Antaliyada mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz. Yangi mavsum uchun taassurotlar ijobiy. Mashg‘ulotlar ko‘ngildagidek o‘tmoqda.

-YAngi mavsumda ham jamoa safida to‘p suradigan bo‘ldingiz? Klubda qolishga ko‘proq nima turtki bo‘ldi?

-“Neftchi” jamoasi bilan ikki yildan buyon birgamiz. Avvalambor, klubda qolishga Vitaliy Levchenkoning ishonchi omil bo‘ldi. Bundan tashqari, klubda ichki muhit a’lo darajada. Shularni inobatga olib klubda qolishga qaror qildim.

-YAngi mavsumda hujum chizig‘ida yaxshigina raqobat ko‘rishimiz mumkin? Raqobatdan cho‘chimaysizmi?

- "Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi”, deb bejiz aytishmagan. Raqobatdan qo‘rqmayman, “Ohirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi” (Kuladi)

-Raqobat ko‘proq qaysi futbolchilar bilan bo‘ladi deb o‘ylaysiz?

-Hujum chizig‘i va qanot vingerlari barchasi raqobat qila oladi, deb o‘ylayman.

-Sizga sof markaziy hujumchi rolida o‘ynash qulaymi yoki qanot vingeri ampluasi qulaymi?

-O‘zimni har ikki pozisiyada ham yaxshi his qila olaman. Asosiysi, murabbiy qaysi pozisiyaga qo‘ysa o‘sha chiziqda murabbiyning ko‘rsatmalarini bajara olaman.

-O‘tgan mavsumda jamoa ishtirokida siz uchun eng yorqin o‘yin qaysinisi bo‘ldi?

-"Istiqlol"da o‘tgan AGMKga qarshi bahs juda yorqin o‘tgandi. To‘g‘ri, o‘shanda mag‘lubiyatga uchragan edik. Biroq, uchrashuvda ochiq futbol namoyish etib, taktik jihatdan ustunlikka erishganmiz.

-YAngi mavsumda Ulug‘bek Hoshimovni “99” raqam ostida ko‘ramizmi?

-Ha, “99” raqamda harakat qilaman.

-YAngi mavsum oldidan muxlislar jamoadan yuqori saviyali futbol va katta g‘alabalarni kutishmoqda?

-Xudo xohlasa, bu yil natijalarimiz ancha yaxshi bo‘ladi. Muxlislarimizdan “Neftchi” jamoasiga doimiy ishqibozlik qilishlarini so‘rab qolaman. Stadionlarni to‘ldirib, qo‘llab turishsa biz albatta muxlislarimizni g‘alabalar bilan xursand qilamiz.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:37, 15.01.2023.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.