Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«PSJ» tashkil etgan Messini tabriklash marosimiga aka-uka Mbappelar qanday munosabatda bo‘lishdi?

«PSJ» tashkil etgan Messini tabriklash marosimiga aka-uka Mbappelar qanday munosabatda bo‘lishdi?

Baho:
+ | -

Avvalgi chorshanba kuni Lionel Messi ta’tilni yakunlab, nihoyat «PSJ» safiga qaytdi.

Parij klubi kutilganidek, Qatarda jahon kubogini qo‘lga kiritish barobarida fransuzlarni armonda qoldirgan argentinalik yulduz sharafiga chempionlik yo‘lagi tashkil qildi. Leoni qarshi olish marosimidan olingan videolavhada qiziqarli jihatlar ham ko‘zga tashlandi.

Kilianning ukasi - «PSJ» U-19 yarim himoyachisi Itan Mbappe xomush. Kadrlarga qarasangiz, klub futbolchilari va xodimlari Messini davomli olqishlar bilan qarshi olishgani ko‘rinadi. Biroq Kilian Mbappening ukasi Itanning reaksiyasi muxlislarni ham beparvo qoldirmadi: 

- Itan Mbappening chehrasi hammasini ko‘rsatib turibdi. Quvnoqlik yo‘q.

- Itan shunchaki, biroz hayratda qolgandek...

- Itanning munosabati qiziq. U Messi bilan qo‘l berib ko‘rishish uchun kelmaganidek...

Kilian Mbappening o‘zi yo‘q. Fransiya termasi hujumchisining o‘zi esa jahon chempionini qarshi olish marosimida qatnashgani yo‘q. Sababi ma’lum. Ta’kidlanishicha, «Lans»ga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yin (1:3)dan so‘ng «PSJ»ning bir qator futbolchilariga qisqa ta’til berilgan va 24 yoshli Kilian bundan foydalanib, Nyu-York sayohatiga yo‘l olgan. U Ashraf Hakimi bilan birga MBAdan o‘rin olgan «Bruklin Nets» va «San-Antonio Spers» o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyurdi. Kilian katta ekranda namoyish etilganida, muxlislar uni chinakamiga olqishlashganini ham aytish joiz.

Tantanali yurish va maxsus mukofot. Chempionlik yo‘lakchasidan tantanavor o‘tgan Messi yakunda «PSJ» rasmiysi qo‘lidan oltin bilan qoplangan maxsus mukofotni qabul qilib oldi. Yakunda argentinalik ushbu sovrin bilan tushgan suratga ham tushdi. «Leo Messi 2023 yili hali maydonga tushmadi, lekin sovrin olishga ulgurdi» - bu muxlislar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan izohlardan biri.

Messi va Neymar uchrashuvi. Argentina termasi Qatarda g‘alaba qozongach, Leo ilk qutlovlardan birini klubdoshi Neymardan olgandi. Kutib olish marosimida ham braziliyalik yulduz g‘oyat mamnun ko‘rindi. Keyinchalik Neymar va Messining samimiy quchoqlashishgani aks etgan suratlar ham chiqdi. Bunga munosabatlar turlicha:

- U sakrashdan o‘zini zo‘rg‘a ushlab turdi.

- Neymarning Messi uchun xursand ekanligi yaqqol sezildi. Bu duet zo‘r.

- «PSJ»da Messini hech kim Neymarchalik sog‘inmagan ekan.

«Brayton»da ham tantana. Kamtarin klub o‘z vakili Aleksis MakAllister sharafiga chiroyli kutib olish marosimini uyushtirdi. 24 yoshli yarim himoyachi oltin medalini bo‘yniga taqib, davomli olishlar ostida klubdoshlari va xodimlar qarshisiga chiqdi. Aleksis shundan so‘ng har bir futbolchi bilan Birma-bir quchoqlab ko‘rishdi, JCH kubogi nusxasini boshi uzra baland ko‘tardi. Tantana kadrlari darhol internet olamida keng tarqaldi va hattoki, Messi ham 5ta smayl yubordi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:00, 16.01.2023.
O'qildi: 5565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.