Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Italiya kubogi. «Napoli» sensansion tarzda «Kremoneze»ga yutqazib, musobaqani tark etdi (videosharh)

Italiya kubogi. «Napoli» sensansion tarzda «Kremoneze»ga yutqazib, musobaqani tark etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya kubogining nimchorak final bosqichida kutilmagan natija qayd etildi. Kuni kecha Italiya chempionatida "Yuventus"ni yirik hisobda mag‘lub etgan «Napoli» ushbu bosqichda A seriya autsayderi «Kremoneze»ga imkoniyatni boy berib, musobaqan tark etdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishgan bo‘lsa, neapolliklar tanaffusga qadar 2ta gol urib, oldinga o‘tib olishdi. O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida esa «Kremoneze» forvard Feliks Afena-Gyan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda (100-daqiqa) mehmonlar himoyachisi Sernikola maydondan chetlatildi.  Shunga qaramay, o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida tepilgan 10ta zarbaning to‘qqiztasi golga aylandi. Faqat Stanislav Lobotkaning zarbasi noaniq chiqdi.

Shu tariqa, "Napoli" Italiya kubogini tark etdi. "Kremoneze" esa chorak finalga yo‘l oldi.

Italiya kubogi, 1/8 final
Napoli – Kremoneze 2:2 (2:1, 0:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 4:5
Gollar: 0:1 – 18 Pikel, 1:1 – 33 Jezus, 2:1 – 36 Simeone, 2:2 – 87 Afena-Gyan.
Napoli – Meret, Bereshinski, Jezus, Estigor (Kim Min Chje, 82), Olivera, Elmaz (Zelinski, 85), Ndombele (Osimxen, 102), Gaetano (Lobotka, 65), Simeone, Raspadori (Zambo-Angissa, 65), Dzerbin (Politano, 65).
Kremoneze – Karnezekki, Sernikola, Byanketti, Xendri (Dzanimakkya, 82), Vaskes, Kualyata (Valeri, 70), Meyte, Kastanyetti (Buonayuto, 66), Pikel (Ayvu, 109), Chiofani (Tsadju, 66), Okereke (Afena-Gyan, 65).
Ogohlantirishlar: Vaskes (29), Okereke (45), Kualyata (58), Dzerbin (61), Jezus (90), Meyte (90), Sernikola (90), Valeri (93).
Chetlatish: Sernikola (100).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:19, 18.01.2023.
O'qildi: 11282 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик