Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Kamerun U-17 terma jamoasiga chaqirilgan 21 nafar futbolchi tarkibdan chetlashtirildi

Kamerun U-17 terma jamoasiga chaqirilgan 21 nafar futbolchi tarkibdan chetlashtirildi

Baho:
+ | -

Kamerun U-17 terma jamoasi yig‘iniga chaqirilgan 21 nafar futbolchi tarkibdan chetlashtirildi.

O‘yinchilar asl yoshini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tibbiy test natijalaridan so‘ng shunday qarorga kelindi. Ha, Kamerun futbolida yana yosh «kesish»ga doir katta janjal: o‘smirlar termasiga jalb etilgan aksariyat yigitlar tug‘ilgan vaqtni tasdiqlash testidan o‘tolmadilar.

Kamerun futbol federasiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Afrika chempionati saralashi uchun U-17 termasiga jalb etilgan 30 nafar futbolchidan naq 21 nafari asl yoshni tasdiqlash uchun zarur sanalgan MRT-testlaridan o‘tolmadi. Endi natijasi ijobiy chiqmagan o‘yinchilar o‘rni boshqa o‘smirlar bilan to‘ldiriladi. «Bu Fecafoot (Kamerun futbol federasiyasi) prezidenti tomonidan berilgan qat’iy ko‘rsatmalar samarasidir. Maqsad - o‘tmishda Kamerun futboli oliy organi obro‘siga putur yetkazgan fuqarolik hujjatlarini qalbakilashtirish illatini batamom yo‘qotish. Fecafoot sohaga aloqador barcha-barchani yosh toifalari qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi xususida yana bir bora jiddiy ogohlantiradi», - deyildi milliy federasiyaning bu boradagi bayonotida.

Kamerun futbol federasiya­si futbolchilar hujjatini qalbakilashtirish va bu boradagi firibgarlik (ba’zida bir futbolchi hujjati bilan boshqasi maydonga tushishi ham mumkin) masalasiga o‘tgan yilning yozidayoq jiddiy e’tibor qarata boshladi. Shundan buyon 8ta klubning 44 nafar futbolchisi shubha ostiga olindi va Fecafoot qo‘mitasi tomonidan so‘roqqa chaqirildi. Bu ishlarning tepasida Kamerun futbolini boshqarayotgan mashhur Samuel Eto~O turibdi. Ha, vaqtida Yevropada katta obro‘ orttirgan sobiq hujumchi milliy federasiya boshqaruvini qo‘lga olishi bilan avvalo, shu illatga barham berish uchun jiddiy kurash boshladi. To‘g‘ri, hozircha harakatlar samarasi uncha sezilayotgani yo‘q.

Qiziq, asl yosh qanday aniqlanadi? 18 yoshdan oshmagan shaxslar yoshini MRT-testlari yoki qo‘l suyagi rentgeni yordamida aniqlash imkoni bor. Jarayonda suyak rivojlanishi va uning tuzilishiga e’tibor qaratiladi. Shu or­qali insonning biologik o‘sish darajasi bo‘yicha xulosa chiqarish imkoni bor. Shifokorlar guruhi tekshiruv davomida rentgen tasvirini tahlil qilish barobarida shaxsning qaysi yosh guruhi me’yoriga to‘g‘ri kelishini aniqlaydi va barcha ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslaydi. 18 yoshdan oshgan odamlar yoshi esa  klavikula rentgenografiyasi vositasida aniqlanadi. To‘g‘ri, bu tajriba yuqori radiasiya ta’siri tufayli zararlidir. Yoshni yana tishlar va suyaklar tahlili bilan ham taxminan belgilash mumkin, ammo oxirgi variantda hali standartlashgan baholash usuli yo‘q.

Umuman olganda, Afrika futboli yoshni «kesish»ga bog‘liq mojarolar bilan tanilgan allaqachon. Bunga yorqin misollarni yetarlicha keltirish mumkin:

*** FIFA 1989 yiliyoq Nigeriya yoshlar jamoasini xalqaro turnirdan chetlashtirgandi. Bunga jamoa tarkibidagi 3 nafar futbolchining tug‘ilgan sanasi avvalgi turnir - Olimpiada-88da ko‘rsatilganiga muvofiq kelmagani sabab bo‘lgan.

*** Kamerunlik himoyachi Tobi Mimbo tug‘ilgan sanasini bir necha marta o‘zgartirgan. Uzoq vaqt Parag­vay klublarida o‘ynagan futbolchi u yerda yosh bilan bog‘liq firibgarlikka ehtiyoj sezmagan. 1996 yili esa Mimbo  Turkiyaning «Genchlerbirligi» jamoasi safiga yangi hujjat bilan qo‘shiladi. Unda Tobining 1974 yil 30 iyun kunida tug‘ilgani qayd etilgandi. Vaholanki, futbolchi aslida 10 yil oldin dunyoga kelgan. Mimbo 1998 yilgi Afrika kubogida esa 1970 yili tug‘ilgan futbolchi sifatida qatnashadi.

*** Gambiyalik Yusuf Yaffa tarixi ham juda qiziq. Bu futbolchi 2014 yildan buyon «Milan», «Bolonya» va «Ayntraxt» yoshlar jamoalarida o‘ynadi. 2015 yili esa Yaffa hujjatlarda ko‘rsatilganidan naq 9 yosh katta ekanligi oshkor bo‘ldi. Ya’ni Yusuf 1996 yilda emas, 1987 yilda tug‘ilgan ekan.

*** 2019 yili Gvineya termasi 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi JCHdan chetlashtirildi. O‘shanda jamoaning ikki futbolchisi yoshga bog‘liq firibgarlik ishlatganlikda ayblangan edi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:45, 21.01.2023.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.