Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

«Barselona» va «Real»ga chempionlikdagi raqib kutilmagan bo‘ldi

«Barselona» va «Real»ga chempionlikdagi raqib kutilmagan bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» liga doirasidagi 18-tur uchrashuvida «Rayo Valyekano»ni mag‘lub etdi (2:0) va Ispaniya chempionatida «Real»ga ochkolar bo‘yicha yetib oldi. Imanol Alguasil shogirdlari ketma-ket beshta g‘alabaga erishdi va birinchi o‘rindan uch ochko ortda qolmoqda. Ajablanarlisi shundaki, klub yozda asosiy yetakchi hujumchi Aleksandr Isakni «Nyukasl»ga sotganidan so‘ng bunday missiyani amalga oshirdi, transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda. Bu pul evaziga bir qancha yangi futbolchilar qo‘lga kiritildi, ular endi o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.

«Real Sosyedad» transfer tizimi ajoyib ishladi

Yozda San-Sebastyan klubi Aleksandr Isak, Villian Joze (10 million yevro) va Metyu Rayanni (500 ming yevro) sotgandi. Ulardan tashqari yana besh nafar futbolchi erkin agent sifatida ketishdi, jumladan bir vaqtlar iqtidorli deyilgan belgiyalik Adnan Yanuzay ham shular jumlasidandir. Ularni almashtirish uchun klub besh nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Aleksandr Syorlot «RB Leypsig»dan 1,5 million, Takefusa Kubo «Real»dan 6,5 million, Muxammad-Ali Sho 11 million, Brays Mendes 14 mln, Umar Sodiq 20 mlnga San-Sebastyan klubiga ko‘chib o‘tdi. Agar 2021/2022 yilgi mavsumda Aleksandr Syorlot misol tariqasida «Real Sosyedad» safida 33 ta o‘yinda 3 ta gol urgan bo‘lsa, endi «gol+pas» tizimida 14 o‘yinda 8+1 ko‘rsatkichiga ega. Qolaversa, norvegiyalik futbolchi Ispaniya kubogi va Yevropa ligasida ikkita gol urdi. Ayni damda uning Ispaniya chempionatida besh o‘yinlik golli seriyasi bor. U «Sevilya», «Osasuna», «Almeriya», «Atletik» va «Rayo Valyekano» darvozasini ishg‘ol etgan.

Yozda besh yillik shartnoma imzolagan Takefusa Kubo ham asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. U hujumda turli pozisiyalarni qamrab oladi va barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda uchta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Muxammad-Ali Sho jarohatga moyil edi: klubda olti oy davomida fransiyalik futbolchi ikki marta son qismini jarohatlagan, 2023 yil boshida esa to‘pig‘idan jarohat olgandi. Shu bilan birga, u La Liganing sakkizta o‘yinida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Brays Mendes klubi yetakchisiga aylandi. Ispaniyalik futbolchi Yevropa ligasida «Manchester Yunayted»ga g‘alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi, Qirol kubogida xet-trik qilgan bo‘lsa, ligada olti o‘yinlik golli seriyani davom ettirdi. Shu tariqa, u barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqt ichida uning transfer narxi deyarli ikki baravarga ko‘tarildi, ya’ni 18 million yevrodan 30 million yevrogacha. Ammo Umar Sodiqning yangi klubidagi faoliyati darhol boshlanmagan. U debyutida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda gol urdi, ammo «Xetafe»ga qarshi bahsda jarohat olgan. Forvard sentyabr oyi o‘rtalaridan beri maydonga tusha olmadi va shu vaqt ichida 22 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

«Real Sosyedad»ning yana bir ustun tarafi

San-Sebastyan klubi autsayderlar va jadvalning ikkinchi qismidagi jamoalar bilan uchrashuvlarda deyarli ochko yo‘qotmaydi. Masalan, «Sosyedad» «Barselona» (1:4), «Xetafe» (1:2), «Real Valyadolid» (0:1) va «Betis»ga (0:2) mag‘lub bo‘ldi, «Valensiya» (1:1) bilan ham ochko bo‘lishdi. Biroq bundan uyog‘iga ishlar besh. Ispaniya kubogida «ko‘k-oqlar» to‘rtta raqibini mag‘lub etishdi va endi «Barsa» bilan chorak finalda to‘qnash kelishadi, Yevropa Ligasida esa oltita o‘yindan beshtasida g‘alaba qozonishdi. Bu esa besh nafar jarohat olgan futbolchilar bilan ham sodir bo‘ldi.

Ayni dam «Barselona» va «Real»ning ikkita zaxira o‘yini bor, ammo 29 yanvar kuni «Sosyedad» «qirollik klubi» bilan bahslashadi, shundan so‘ng esa jamoani chempionlik uchun kurashishga tayyor yoki tayyor emasligini bilib olamiz. 

Kiritildi: 16:53, 22.01.2023.
O'qildi: 5450 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.