Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Arsenal" va "MYU" futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa. Hisob: 8-3

"Arsenal" va "MYU" futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa. Hisob: 8-3

Baho:
+ | -

"Arsenal" bir necha soatlardan keyin APL doirasida "MYU"ni qabul qiladi. Shu fursatdan foydalanib, bugun maydonda harakat qila oladigan futbolchilardan tuzilgan aralash tarkib tuzib chiqdik. Quyida shu haqida qisqacha so‘z boradi.

Darvozabon: Aron Ramzdeyl

"Arsenal" posboni David De Xeaning yaxshi formasiga qaramasdan, undan oldinda e’tirof etildi. Ramzdeyl o‘tgan mavsumda ajoyib debyut qilgandi. 2022-23 da esa fantastik ravishda ishtirok etmoqda. Uning Shimoliy London derbisidagi super qahramonligi ham uning Mikel Arteta qo‘l-ostida qanchalik yuksalganini ko‘rsatib beradi. Angliya terma jamoasi oyoq bilan o‘ynashda ham juda yaxshi sifatlarga ega. De Xea borasida esa bunday deya olmaymiz.

O‘ng qanot himoya: Ben Uayt

Shubhasiz, bu mavsumning APLdagi eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri. U bilan birga Kiran Trippyerni ham aytish kerak. Ha, "MYU"da Diyegu Dalot ham bor. Ammo u Uaytchalik sifatli futbol ko‘rsata olmaydi. Ayniqsa, bu mavsumda.

Chap qanot himoya: Oleksandr Zinchenko

Bu ro‘yxatdagi eng murakkab tanlovlardan biri bo‘ldi. Lyuk Shou aslida ma’qulroq variant edi. Ammo uning barqarorligi so‘roq ostida. Bir mavsumda zo‘r bo‘lsa, ikkinchisida unday bo‘lmaydi. Zinchenko esa yangi mavsumda "Arsenal"ga keldi va qiynalmay moslashdi. Qolaversa, uning Arteta jamoasiga ta’siri ham kuchli. Shu omillar ukrainalikni tanlashga majbur qildi.

Markaziy himoya: Rafael Varan

Varan va Saliba orasidagi farqni ularninh Fransiya terma jamoasidagi o‘rni belgilab beradi. Ha, bu mavsumda ularning ikkisi ham fantastik o‘yin ko‘rsatmoqda. Ammo Varanning tajribasi va qobiliyati yaxshiroq. Ten Xagning jamoasida Varanning o‘rni juda ham katta.

Markaziy himoya: Gabriel

Lisandro Martines "MYU"ga kelgandan beri ajoyib saviya namoyish etdi. Garchand uning bo‘yi pastroq bo‘lsada, bu deyarli muammo bo‘lmadi. Biroq, barqarorlik masalasi ham mavjud. Gabriel bu borada istalgan futbolchiga o‘rnak bo‘la oladi. U APLdagi eng yaxshi to‘purar himoyachilardan biridir.

Tayanch yarim himoyasi: Tomas Parti

Kazemiro bugungi o‘yinda bo‘lmaydi. Shunday ekan, bemalol Tomas Partini tanlash mumkin. Gana terma jamoasi a’zosi fantastik mavsum o‘tkazmoqda. Uning ta’sirida "to‘pchilar" barqaror o‘yin ko‘rsatadi. Agarda u jarohat olsa, "Manchester Siti" "Arsenal"dan o‘zib ketishi hech gap emas.

Yarim himoyachi: Brunu Fernandesh

Fernandesh Kazemironing yo‘qligidan foydalanib, bu jamoaga kira oldi. Portugaliyalik APL tarixidagi eng yaxshi qishki transfer sanaladi. U Maguayr yo‘qligida sardorlik bog‘ichini taqadi. Amalda esa haqiqiy lider ham udir. Uning harakatlari bilan "MYU" hozirgi pog‘onasiga erishib turibdi.

Yarim himoyachi: Martin Edegor

Bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchilar ichida Edegor ham bor. Uning maydondagi harakatlarini ko‘rish istalgan muxlisga zavq bag‘ishlaydi. Erling Xolandni ham fantastik o‘yin ko‘rsatayotganini hisobga olsak, Yevro-2024da Norvegiya nimadir qilishiga ishonish mumkin.

O‘ng qanot hujum: Bukayo Saka

Yana bir "Arsenal" yulduzi kosmik yorqinlikdagi mavsumni o‘tkazmoqda. Qayd etish kerakki, Saka Mikel Artetaning ilk kunlaridan beri tarkibdagi muhim figura bo‘lib kelmoqda. Angliya terma jamoasida ham mundial davomida aynan Saka porlay oldi.

Chap qanot hujum: Gabriel Martinelli

Aytish mumkinki, eng xavfli futbolchi APLda allaqachon paydo bo‘lgan. Uning ismi Martinelli. Istalgan raqib Martinelli borligi sababli "Arsenal" bilan ehtiyot bo‘lib o‘ynay boshladi. U birinchi davrada "MYU" gol urgandi. Ammo hakamlarning VAR'dagi xatosi sababli bu gol bekor qilingan. Martinelli esa bu bilan to‘xtab qolmadi. Uning o‘yini Braziliya terma jamoasiga chaqiruv bilan yakun topdi.

Markaziy hujumchi: Markus Reshford

Gabriel Jezus hozir maydonda emas. Shu sababli Reshfordni tanlaymiz. Ammo u Jahon chempionatidan keyin katta kuch bilan ishga kirishdi. "MYU"ning g‘alabalarida uning hissasi juda ham katta edi.


Bosh murabbiy: Mikel Arteta

Ten Xag "MYU"ni o‘ta tez ravishda o‘ngladi. Ammo Mikel Arteta bu ishni bir necha yildan buyon, tizimli ravishda amalga oshirmoqda. Saka, Martinelli, Jaka kabi futbolchilar Arteta bilan katta o‘sishga erisha oldi. Shu sabab hozirda aytish mumkinki, muxlislar rivojlanishga ishona boshladi! (Trust The Process)

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:00, 22.01.2023.
O'qildi: 2412 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.