Ispaniya chempionatining 18-turi doirasidagi o‘yinda «Espanyol» «Betis»ni minimal hisobda mag‘lub etdi va bu «to‘tiqushlar» hujumchisi Martin Breytueytning yubiley o‘yini uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi – u La Liga safidagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi.
U o‘z klubining g‘alaba goliga mualliflik qildi - bu Martinning joriy chempionatdagi uchinchi goli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Breytueyt bu ko‘rsatkichga erishgan oltinchi daniyalik futbolchi bo‘ldi: Bungacha Jon Lauridsen 272 o‘yin, Mikael Laudrup 228 o‘yin, Daniel Vass 225 o‘yin, Mikael Kron-Deli (154 o‘yin) va Pyon Sisto 110 ta o‘yinda maydonga tushgan.