Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronalduning debyuti muvaffaqiyatsiz bo‘ldi

Ronalduning debyuti muvaffaqiyatsiz bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safida debyut qildi. Ko‘pchilik besh karra “Oltin to‘p” sohibi Saudiya Arabistoni to‘purarlari rekordini birinchi o‘yindanoq yangilay boshlaydi deb kutgandi, ammo bu amalga oshmadi. “Al-Ittifoq” bilan uy uchrashuvida yulduz hujumchi gol ura olmadi.

Portugaliyalik 90+ daqiqada to‘pga 41 marta teginish amalga oshirdi, to‘rtta zarba berdi (faqat bitta nishonga), 89% aniq uzatmalarni berdi. Sofascore.com statistik sayti Krishtianuning o‘yiniga bor-yo‘g‘i 6,9 ball berdi: taqqoslash uchun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi braziliyalik Anderson Taliska 7,7 ball oldi.

Ronalduning Saudiya Arabistonidagi debyuti haqida OAVlar qanday fikrda?

“The Mirror” jurnalisti Ben Huzband, o‘z navbatida, portugaliyalikning xatti-harakati o‘zgarganini payqadi.

“U final hushtagi chalinganidan keyin aylanib, barcha jamoadoshlari bilan salomlashdi. Bu haqiqatan ham kunning mavzusi. U o‘yin davomida ijobiy o‘ynadi va "Manchester Yunayted"da ko‘pincha yetishmayotgan narsani namoyish etdi. Uning o‘yininidan ko‘p narsa kutilganini inkor etib bo‘lmaydi, ammo Krishtianuning Saudiya Arabistonidagi o‘yini bu faoliyatini tugatish uchun qilingan qadam emasligini isbotladi. “Al-Ittifoq” o‘yinda u qo‘lidan kelganini qildi. Ronaldu jamoasida yangi muhitga moslashishiga yordam beradigan yana bir haqiqiy yulduz Taliska borligidan xursand bo‘ladi”.

Ispaniyaning Marca nashrida Ronalduning “An-Nasr” safidagi ilk uchrashuvi quyidagicha baholangan:

“Ronaldu Ar-Riyoddagi debyutidan so‘ng achchiq tuyg‘u bilan maydonni tark etdi. Uning jamoasi – Saudiya Arabistoni chempionatining yangi peshqadamiga aylanib oldi, ammo “An-Nasr” sardori o‘zi va butun oilasi orzu qilgan golni nishonlay olmadi.

Uchrashuvda faqat bitta intriga bor edi - Krishtianu gol uradimi. Hamma buni kutayotgandi: neytral tomoshabinlar, “An-Nasr” muxlislari, uning jamoadoshlari. Mahalliy futbolchilar g‘alaba qozonish uchun o‘ynashga harakat qilishmadi. Ular yulduzni gol urishiga intilardi”.

Today90.com Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionatida ilk o‘yinida bo‘lgan muhit haqida yozdi.

“O‘yin boshlanishiga bir necha soat qolganida minglab “An-Nasr” muxlislari portugaliyalik superyulduzning debyutiga guvoh bo‘lish uchun “Mrsul Park” arenasi darvozasi oldiga to‘planishdi.

Ronalduning debyuti atrofidagi qizg‘inlik yana-da kuchaydi, chunki "An-Nasr" muxlislari o‘z klubi liga va qit’a kubogida g‘olib bo‘lishini tabiiy deb qabul qilishmoqda. Biroq, CR7ning birinchi o‘yini umidlarni oqlamadi. Jamoa 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, gol portugaliyalik emas, Taliska tomonidan urildi.

Darhaqiqat Ronalduning debyutini uning muxlislari kutganidek bo‘ldi, deyishdan yiroqmiz. Lekin futbolda shunday vaziyatlar ham bo‘lib turadi. Bu ko‘pincha yangi jamoa va muhitga ko‘nikish tufayli sodir bo‘ladi. Krishtianuning o‘yini haqidagi to‘liq bahoni esa bir nechta turdan so‘nggina bersak bo‘ladi.

Kiritildi: 09:26, 23.01.2023.
O'qildi: 4063 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.