Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Yuventus" futbolchisi: "Ochkolarni olib tashlanishi bizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi"

"Yuventus" futbolchisi: "Ochkolarni olib tashlanishi bizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi"

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli A Seriyaning 19-turida "Atalanta"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turin klubidan moliyaviy firibgarlik uchun chempionatda 15 ochko olib tashlangan edi.

"Yashirmayman, ochko olib tashlash bilan bog‘liq vaziyat bizga ta’sir qildi. Biz bu borada hech narsa qila olmaymiz, faqat maydonda borimizni berib, muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak", - dedi Lokatelli Sky Sports bilan suhbatda.

Yarim himoyachi hozir jamoa yanada jipslashganini ta’kidlagan, murabbiy Massimiliano Allegri so‘nggi voqealar haqida emas, faqat futbol haqida o‘ylash kerakligini aytdi.

Ochkolari olib tashlangan "Yuventus" A Seriyaning 19-turidan keyin 23 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:45, 23.01.2023.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик