Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Liverpul" markaziy himoyachini ijaradan qaytarib oldi

"Liverpul" markaziy himoyachini ijaradan qaytarib oldi

Baho:
+ | -

"Liverpul" mavsumning birinchi qismini Chempionship klubi "Blekpul"da o‘tkazgan markaziy himoyachi Ris Uilyamsni ijaradan qaytarib oldi. Bu haqda "qizillar"ning rasmiy sayti xabar berdi.

21 yoshli futbolchi "Liverpul" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2011 yildan beri klub akademiyasida o‘ynamoqda. Uilyams “Blekpul”dan tashqari “Suonsi Siti” va “Kidderminster” klublarida ijara asosida o‘ynagan. Mersisaydliklarning asosiy jamoasi uchun futbolchi to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi.

Yurgen Klopp shogirdlari Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 19 uchrashuvda 29 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:59, 23.01.2023.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.