Kuni kecha matbuotda "PSJ" hujumchi Neymarning ahvolidan xavotirda ekani haqida ma’lumot tarqaldi. Bu haqda parijliklar jamoasi bosh murabbiyi Kristof Galtye izoh berdi.
"Neymarning to‘pig‘i jahon chempionatida jarohatlangan. Qaytib kelganida u hamon og‘riq sezayotgan edi. Hozir Neymar juda ko‘p harakat qilmoqda. U o‘zining moslashuvchanligini to‘liq tiklagani yo‘q", - dedi GaltYE.
Neymar futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi bo‘lib qolmoqda. 2017 yilda "PSJ" braziliyalik futbolchi uchun "Barselona"ga 222 million yevro to‘lagan edi.