Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Tata Steel Chess 2023. Abdusattorov deyarli 7 soatlik o‘yinda qiyin durangga erishdi

Tata Steel Chess 2023. Abdusattorov deyarli 7 soatlik o‘yinda qiyin durangga erishdi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha «Tata Steel-2023» xalqaro turnirida bugun 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Musobaqaning "Masters" guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov mazkur turda germaniyalik Vinsent Keymer bilan bahslashdi.

Durangga borayotgan o‘yin
O‘yinning yarmi ortda qolganida vaziyat tengdek ko‘rinsa-da, Abdusattorovning bir piyodasi zaif bo‘lgani uchun ustunlik asta-sekin nemis sportchisi tomoniga o‘ta boshladi. Ammo Nodirbek qiyin vaziyatdan chiqib ketib, vaziyatni yana tenglashtirdi.

Abdusattorovning xatosi
Shundan so‘ng har ikki shaxmatchidan o‘ta yuqori aniqlikdagi yurish talab etila boshladi. O‘yin oxiriga yaqinroq pallada esa Abdusattorov xatoga yo‘l qo‘ydi va noto‘g‘ri yurish tufayli bir piyodasidan ayrildi. Natijada ustunlik yana Keymer tomoniga o‘tdi. Bu xato esa yakunda mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin edi. Ammo...

Keymerning xatosi
Germaniyalik sportchi ham kutilmaganda xato yurishni amalga oshirdi. Hamyurtimiz esa bu holatdan unumli foydalanib, raqibning bir piyodasini urishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikki shaxmatchi hisobida bir piyoda va bir ruh qoldi.

Endshpil
O‘yin so‘ngida Keymers piyodasi Farzinga chiqishga bir qadam qoldi. Abdusattorov esa raqibga Shohini cheksiz shoh berish pozisiyasida ushlab oldi. Natijada shaxmatchilar durangga rozi bo‘lishdi.



Ochkolar
Hamyurtimizning ochkolari 6,5taga yetdi va u peshqadamlikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rindagi Anush Giri bugun g‘alaba qozonib, ochkolarini 6 taga yetkazdi. Karlsen esa bu turda durang qayd etdi va ochkolarini 5taga yetkazdi.

Keyingi raqib
Abdusattorov 10-turda xitoylik Liren Ding bilan oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:11, 25.01.2023.
O'qildi: 3345 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.