Braziliyaning «Fluminense» klubi Gresiyaning «Olimpiakos» va Londonning «Chelsi» klubi himoyachilari Marselo va Tyago Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
«Tyago Silvaga kelsak, biz uning «Chelsi» bilan shartnoma borasidagi qarorini kutyapmiz, u ular bilan shartnomani uzaytiradimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz.
Biz mavsum yakuni va uning qarorini kutmoqdamiz, shundan so‘ng uni «Fluminense»ga qaytarish uchun u bilan suhbat boshlaymiz. Marselo bilan bog‘liq vaziyat Tyago Silvaniki bilan deyarli bir xil.
Uning Gresiyada may oyigacha hisoblangan amaldagi shartnomasi ham bor. U shartnomani uzaytiradimi yoki yo‘qmi, uning qarorini kutamiz. Unga «An-Nasr» qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Qanday bo‘lmasin, biz vaziyatni kuzatishda davom etamiz», - deydi «Fluminense» prezidenti Mario Bittenkur.