Portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Avvalroq portugaliyalik murabbiy Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Villash-Boashning so‘nggi ish joyi Fransiyaning “Marsel” klubi bo‘lib, u yerda 2019 yildan 2021 yilgacha murabbiylik qilgan.
Shuningdek, Villash-Boash “Portu”, “Chelsi”, “Tottenxem”, “Zenit” va “Shanxay”da ham ishlagan.