“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya klubi safida o‘tkazgan dastlabki ikki rasmiy o‘yinda birorta ham gol ura olmadi.
22 yanvar, yakshanba kuni “An-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi o‘yinda “Al-Ittifoq”ni mag‘lub etdi (1:0). Braziliyalik yarim himoyachi Anderson Taliska g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.
26 yanvar, payshanba kuni “An-Nasr” Saudiya Arabistoni Superkubogi 1/2 finalida “Al-Ittihod”ga imkoniyatni boy berdi (1:3). Yagona golni yana Taliska kiritdi.
Rasmiy debyutidan oldin u "PSJ" Ronalduga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida dubl qayd etgandi. 37 yoshli portugaliyalik Ar-Riyodning yulduzli jamoasi safida gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugaliyalik hujumchi shu yil boshida "An-Nasr"ga o‘tgandi. U 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.