Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shomurodоv uchun kurashda yangi peshqadam paydo bo‘ldi. "Spesiya" qanday jamoa?

Shomurodоv uchun kurashda yangi peshqadam paydo bo‘ldi. "Spesiya" qanday jamoa?

Baho:
+ | -

 So‘nggi kunlarda hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchun kurashda yangi jamoa paydo bo‘lgani va ular Eldorni qo‘lga kiritish uchun juda yaqin turgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu jamoaning nomi "Spesiya". Xo‘sh, klub hozir qanday holatda? Ularga markaziy hujumchi qanchalik zarur va jamoada qanday darajadagi yulduzlarni ko‘rishimiz mumkin? Eng muxumi jamoa murabbiyi kim? Quyida aynan shular haqida to‘xtalamiz. 

 "Spesiya" qanday jamoa? 

Klub ancha ilgari ya’ni 1906 yilda tashil etilgan. Lekin klub shunga qaramay deyarli titul yutmagan. Faqat bir marta 1943-44 yilgi mavsum Italiya A Seriyasida zafar qucha olgan. Klub stadioni birinchi jaxon urushida ishtirok etgan leytenant Alberto Pikko nomi bilan ataladi. Stadoin sig‘imi ham unchalik katta emas. Arena bir vaqtning o‘zida 11mingdan ortiq tomoshabinni bag‘riga sig‘dira oladi. Oddiy ko‘ringan ushbu faktlar ham klubning darajasini ko‘rsatib turmoqda. "Burgutlar" laqabini olgan jamoa hozirda A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. Ular tkrnir jadvalining 16-pog‘onasidan joy olgan. Klub prezidenti amerikalik Filip Raymond Platek hisoblanadi. 

Klub tarkibi qanday ko‘rinishda?

Klub ancha pastki pog‘onada ekanligining asosiy sababi - tarkibda bo‘lishi mumkin. Chunki klub bir yil ichida, yani o‘tgan yili qish faslidan bu yilgi qish fasligacha 60ga yaqin transfer ishlari olib borgan. Aniqroq qilib aytganda 30ga yaqin futbolchi jamoani tark etgan va huddi shunchasi jamoaga bir yil ichida kelib qo‘shilgan. Umuman olganda klubda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Yakub Kivior yaqinda "Arsenal"ga ko‘chib o‘tdi. Bu esa "Spesiya"ga transferlar uchun yana pul sarflash imkonini bergan. "Burgutlar" Shomurodovga asosiy tarkibdan joy tayyorlab qo‘ygan deb bo‘lmaydi. Negaki, jamoada yetakchi hujumchi bor. Mbala Nzola ushbu mavsum klubning asosiy to‘purari hisoblanadi. U 20ta o‘yinda maydonga tushib 11 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, hujum chizig‘ida o‘tgan mavsumda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatgan Daniele Verdi ham bor. Umuman olganda tarkib kuchli bo‘lmagan bir darajadagi futbolchilardan tashkil topgan. Aytish joizki, klubda Maldinilar sulolasi vakili Daniel Maldini ham bor. 

Jamoa murabbiyi kim? 

Luka Gotti nomi ko‘pchilikka begona bo‘lsa kerak. Gottining bosh murabbiy sifatidai ikkini ishi bu "Spesiya". Gotti o‘tgan yilning yozida klubda Tiagu Motta o‘rnida ish boshlagan. Bundan oldin u "Udeneze" murabbiyi bo‘lgan. Lukaning oldida hozirgi kunda jiddiy muammolar bor. Uning jamoasi 16 o‘rinda. Shuningdek, klub lazareti jarohpt olgan futbolchilar bilan to‘lib toshgan. Klubga hozir markaziy hujumchi juda zarur. Chunki, klub to‘purari jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan. Agar Eldor jamoa tarkibiga borib qo‘shilsa, u klubdagi transfer qiymati eng yuqori futbolchiga aylanadi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:16, 27.01.2023.
O'qildi: 5441 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.