"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa hujumchisi Usmon Dembelening shartnomasi haqida gapirdi.
"Dembelening shartnomasi? Men uchun Usmon muhim futbolchi. U boshqacha futbolchi va u o‘yni tubdan o‘zgartira oladigan futbolchilardan biri. Dunyoda unga o‘xshaganini topish qiyin. Men uchun u muhim futbolchi Usmon buni biladi va buni klub rahbariyati ham biladi. Dembele bu mavsum ajoyib saviyani namoyish etmoqda umid qilamanki, u shartnomasini uzaytiradi", - dedi Xavi.
Eslatib o‘tamiz, fransuzning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi.