Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

APL klublari tomonidan nishonga olingan besh futbolchi. Ularning umumiy narxi 200 million yevro

APL klublari tomonidan nishonga olingan besh futbolchi. Ularning umumiy narxi 200 million yevro

Baho:
+ | -

Ikki braziliyalik o‘spirin, italiyalik markaziy himoyachi, "Chelsi" nishoni va 60 million funtlik "Arsenal" orzusi. Bularning barchasi hali ro‘yobga chiqmagan, ammo amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferlar sanaladi. Quyida ularning kimligi haqida bilib olasiz. Transferlar oynasi yopilishiga esa 4 kun qoldi.

Viktor Roke

"Vest Xem" Braziliyadan Rokeni sotib olishga harakat qilmoqda. Ammo jamoa ustozi Devid Moyes o‘z shogirdi bo‘lgan Lukas Paketadan yetarlicha foydalana olmayapti. Shunday bir paytda Viktor Roke uchun 12,3 million funt taklif etish, o‘ta kulguli tuyuladi. Chunki "Atletiko Paranaense" 17 yoshli hujumchisini 35 milliondan kamiga qo‘yib yubormasligini bildirgan. Roke uchun "Barselona", "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va "PSJ" ham oshiq bo‘lib qolgan. Bunday jamoalar ichida yutib chiqish ham oson bo‘lmaydi, albatta.

Jorjo Skalvini

Jan Pyero Gaspirini jamoasi katta yulduzlarni yetishtirishni davom ettiradi. "Atalanta"dan doimo yaxshi futbolchilar yetishib chiqqan. Shundaylardan biri 19 yoshli markaziy himoyachi Skalvinidir. U 12 yoshidan beri ushbu jamoada harakat qiladi. Italiyalik uchun "Tottenxem" va "Inter" kurash olib boradi. Ammo bu oson emas. Chunki "Atalanta"ning futbolchi uchun so‘rayotgan narxi 40 million yevroni tashkil etadi.

Mateuc Franca

Ushbu iste’dod uchun kurashda "Arsenal", "Nyukasl", "Kristal Pelas" va "Everton" bor. Afsuski, "Flamengo" prezidenti Markush Brosh Fransani sotmasligini bildirgan. Ammo kimki, yosh hujumchi uchun 30 million funt to‘lashni istasa, o‘ylab ko‘rilishi mumkin. Fransa yaqin yillarda katta yulduz bo‘lishi taxmin qilingan. Chunki u ham oldingi, Vinisius Junior, Lukas Paketa va Reyniyer yo‘lidan ketmoqda.

Malo Gyusto

"Lion" prezidenti Jan-Mishel Aulasning bu boradagi fikri umuman o‘zgarmagan - Malo Gyusto sotilmaydi! U kamida yozgacha jamoada qoladi. "Chelsi" esa himoyachiga 17 million funt taklif etgandi. Fransuz klubi esa Gyusto uchun 35 million talab qilmoqda. Ha, "Chelsi"ning bunga kuchi yetadi. Ammo oldinda Gyusto transferidan muhimroq ishlar ham kutib turibdi. Bu boradagi vaziyat esa hali ham noaniqligicha qolmoqda.

Martin Subimendi

Xavi jamoasi Subimendi xaridi uchun bel bog‘lagan. U Serxio Buskets o‘rinini egallashi aytilmoqda. Ammo bu uchun "Barselona"da pul bo‘lmasa kerak. Chunki "Real Sosyedad" o‘z futbolchisiga 52,8 million funt tovon puli qo‘ygan va undan kamiga sotishni o‘ylayotgani yo‘q. Subimendiga talabgorlar orasida "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham bor. Savollar esa ochiqligicha qolmoqda. Subimendi masalasi kelasi 4 kun ichida hal bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 11:12, 28.01.2023.
O'qildi: 3685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.