Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Pro liganing beshinchi jamoasida ham Superligaga yo‘llanma olish imkoniyati bo‘ladi

Pro liganing beshinchi jamoasida ham Superligaga yo‘llanma olish imkoniyati bo‘ladi

Baho:
+ | -

2021 hamda 2022 yilgi mavsum Pro ligada 10 ta klub kurash olib bordi. 2023 yilga kelib lisenziyalash talablari asosida qatnashchilar soni 11 taga yetkazildi. Futbol klublari o‘zining aniq rejasi asosida ishlashda davom etsa, 2024 yilga kelib Pro liga talabini bajara oladigan klublar soni yana ham oshishi mumkin.

«Superliga va Pro liga reglamenti»ning 7-bobida Pro liga formati haqida tushuntirish berilgan. Unga ko‘ra, 11 ta jamoaning har biri 10 ta uy va 10 ta safar o‘yinida — jami 22 ta turda ishtirok etadi. Shunga ko‘ra dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan klublar Superliga yo‘llanmasiga ega chiqadi. 11-o‘rinni band qilgan klub Pro liga bilan xayrlashadi. Pro liga va Birinchi liga o‘rtasidagi holat endilikda to‘liq lisenziyalash natijalari asosida tartibga solinishidan kelib chiqib, har ikki liga o‘rtasida o‘tish o‘yini o‘tkazilmaydi.

Liga Superliganing so‘nggi yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yini tashkil qilib kelmoqda. Bunda Pro ligada ishtirok etgan jamoa hamda Superliga vakili o‘rtasidagi tafovut nisbatan kamroq bo‘lishi inobatga olinib, o‘tish o‘yiniga bir necha yildan buyon Pro liga jamoasining stadioni mezbonlik qiladi. 2023 yilgi mavsum yakunida ham bu an’ana davom etadi.

Endilikda o‘tish o‘yinida ishtirok etish uchun Pro liganing uchinchi jamoasi bo‘lishning o‘zigina kifoya emas. Liga musobaqada 5-o‘rin uchun ham jiddiy kurash kechishini ta’minlash maqsadida Pro liganing beshinchi jamoasiga ham imkoniyat taqdim etishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Pro liga mavsumi yakunida 3-4-5 o‘rinlarni qo‘lga kiritgan uch klub poytaxt Toshkentda markazlashgan pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi. Uning birinchisida 4 hamda 5-o‘rinni egallagan jamoalar o‘zaro maydonga tushadi. Mazkur bellashuv g‘olibi uch kundan keyin Pro liganing uchinchisi jamoasiga qarshi saf tortadi. Pley-offning har ikki o‘yinida ham g‘olibni asosiy vaqtda aniqlashning imkoniyati bo‘lmasa, navbat qo‘shimcha daqiqalarsiz penaltilar seriyasiga beriladi. Pley-off g‘olibi yakunda Superliganing 12-jamoasini o‘z uyida kechadigan o‘tish o‘yinida qabul qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:50, 28.01.2023.
O'qildi: 1840 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик