Hujumchi Yaya Sanogo faoliyatini «Urartu»da davom ettiradi.
30 yoshli fransuz arman klubi bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Sanogoning so‘nggi klubi «Xaddersfild» bo‘lib, u 2021 yilning yozida bu yerni tark etgan.
Hujumchi, shuningdek, «Arsenal», «Ayaks», «Kristal Pelas», «Tuluza» va «Oser» klublarida o‘ynagani bilan ham tanilgan.
20 ta uchrashuvdan keyin «Urartu» Armaniston chempionati turnir jadvalida 4 ochko farq bilan peshqadamlik qilmoqda.