Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

APLning bu mavsumda eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchilari bilan tanishing!

APLning bu mavsumda eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchilari bilan tanishing!

Baho:
+ | -

Angliya futboli – o‘ziga xos. Muxlislar doimo APLni sevishgan. Negaki, u sizga bir olam taassurotlar va yangi yulduzlarni taqdim etadi. Yulduzlar bo‘la turib, o‘z darajasidanda yuqoriga ko‘tarila olganlarga esa, qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Quyida 2022-23 yilgi mavsumda darajasi o‘sgan futbolchilarni bilib olasiz!

Granit Jaka – "Arsenal"

Ko‘pchilik futbolchilar o‘zining eng pik nuqtasiga 28 yosh atrofida chiqishadi deb ko‘p aytiladi. Bu fikr inson organizmi va uning rivoji bilan bog‘liq. Ammo futbolda ayrim o‘yinchilar 28 dan keyin ham rivojlanishdan to‘xtamaydi. Xuddi, Granit Jaka kabi. 30 yoshli futbolchi hozirda umuman boshqa darajaga ko‘tarila oldi. Unga ustozlik qilayotgan Mikel Arteta esa Jakaning yanada o‘sishini xohlaydi.

Solli March – "Brayton"

O‘tgan mavsumdagi natijalarga qarab, bu klubning kamida 5 ta futbolchisi yangi jamoaga o‘tib ketadi deb hisoblangandi. Ha, shunday bo‘ldi. Ammo jamoa bir futbolchisini olib qoldi. U ham bo‘lsa, Marchdir. March bu mavsum davomida "Brayton"ning har bir o‘yinda qatnashgan yagona futbolchi sanaladi. Yarim himoyachi hisobida allaqachon 4 ta gol va 4 ta assist mavjud.

Kepa Arrisabalaga – "Chelsi"

Kepa seyvlar amalga oshirish borasida ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Birinchida esa Alisson qayd etiladi. Ispaniyalik futbolchi Eduar Mendidan keyin yana o‘z darajasida harakat qila boshladi va quvonarli holat.

Roberto Firmino – "Liverpul"

Deyarli hech kim mavsum boshida Firminoni "Liverpul"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turadi deya o‘ylamagandi. Balki Saloh yoki bo‘lmasa, Luis Dias bu nomzodga loyiq ko‘rilgan. Ammo Firmino o‘zining tajribasi bilan jarohat olishidan avval 13 ta o‘yinda 7 ta gol ura oldi.

Markus Reshford – "MYU"

Reshford top-formadagi futbolchilar qatorida ajralib turibdi. Erik ten Xag u bilan ishlashning o‘zgacha uslubini topgan ko‘rinadi. Bundan bir yil oldin uni jamoadan ketkazish kerak deganlar hozir uyalib qolgan bo‘lsa, ajab emas. Bugun "Manchester Yunayted" Reshfordga har doimgidan ham ko‘proq muhtojdir.

Daniel Podense – "Vulverxempton"

So‘nggi ikki mavsum davomida katta evrilishlarni boshdan o‘tkazgan "bo‘rilar", futbolchilar borasida ham ko‘p rotasiyalar qilgandi. Ular ichida Podense ham bo‘lgan. Bu mavsumdan portugaliyalik futbolchi yaxshi mahsuldorlik ko‘rsatmoqda. Uning barqarorligi ham yomon emas. Podense 20 ta o‘yinda 12 ta gol urishga erishdi.

Riyad Maxrez

Maxrezga mavsum boshida salbiy baho berganlar adashdi. Jazoirlik vinger so‘nggi paytlarda yaxshi darajaga chiqdi. Uning oxirgi 6 ta o‘yindagi statistikasi 5 ta gol va 3 ta assistga tengdir.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 18:18, 29.01.2023.
O'qildi: 2563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик