"Chelsi" va "PSJ" vinger Xakim Ziyeshni sotib olish borasida kelishib oldi.
Parij klubi 29 yoshli yarim himoyachini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Londonliklar kelishuv shartlariga ko‘ra ma’lum miqdorda pul olishadi (uning miqdori ko‘rsatilmagan), ammo futbolchini majburiy sotib olish shartnomaga kiritilmaydi.
Oldinroq marokashlik futbolchining o‘zi allaqachon "PSJ" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va uni qo‘yib yuborish iltimosi bilan "ko‘klar" rahbariyatiga murojaat qilgani xabar qilingandi.
Ziyesh joriy mavsum “Chelsi” safida barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













