Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ibragimovich Chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinida maydonga tushishga umid qilmoqda

Ibragimovich Chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinida maydonga tushishga umid qilmoqda

Baho:
+ | -

Tizzasidan olgan jarohati tufayli Zlatan Ibrahimovich 2022/2023 yilgi mavsumda biror marta maydonga tushmagan. Tajribali shvesiyalik hujumchining safga qaytishi yanvar oyida kutilgandi, ammo muddatlar o‘zgartirildi.

Italiyalik insayder Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, Zlatan Ibragimovich "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida maydonga qaytishga umid qilmoqda. Ushbu o‘yin 14 fevral kuni "San-Siro"da bo‘lib o‘tadi.

Zlatan Ibrahimovich 41 yoshda. Uning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Umuman olganda, Zlatan Ibrahimovich faoliyati davomida “Milan” safida 159 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda hujumchi 92 ta gol urdi va 35 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:58, 01.02.2023.
O'qildi: 1065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик