"Roma" hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Dzanyolo "Galatasaroy"ga qiziqish bildirgan.
Yevropaning yetakchi ligalarida transfer oynasi yopilganidan so‘ng turk grandi 23 yoshli futbolchi uchun taklif bilan chiqdi, biroq “Roma” bu kelishuvni rad etdi.
Sportitalia xabariga ko‘ra, "Galatasaroy" italiyalikni sotib olish varianti bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishga tayyor edi, bu esa rimliklar rahbariyatiga to‘g‘ri kelmagan.