Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Zamonaviy texnologiyalar: Darvozabonlar uchun maxsus ko‘zyonaklar

Zamonaviy texnologiyalar: Darvozabonlar uchun maxsus ko‘zyonaklar

Baho:
+ | -

Zamonaviy texnologiyalar futbolda ham tobora kengroq qo‘llanilmoqda.

 Misol uchun, «Mayns» darvozabonlari mashg‘ulotlarda maxsus ko‘zoynak taqqan holda ishlashadi. Xususan, Robin Sentner Mar­belyeda tashkil etilgan yig‘inda ko‘zoynak bilan ko‘rinish bergandi.

Ko‘zoynak qanday xususiyatga ega?

Maxsus ko‘zoynak sportchining ko‘rish qobiliyatiga o‘ta qisqa ta’sir bilan miyani oldindan his etishga majbur qiladi, organizm sezuvchanligini oshiradi. Masalan, darvozabonlarga murakkab zarbalarni bartaraf etishda yordam beradi. Ko‘zoynakni yaratgan mutaxassislar ta’riflashlaricha, uni taqib olgan sportchiga chamasi 5 daqiqadan keyin o‘yin sekinlashib qolgandek tuyuladi. Shu tariqa kiperda tezroq chora ko‘rish borasida qo‘shimcha ishonch tug‘iladi, xususan, to‘pni qaytarishda. Shuningdek, ko‘zoynak ta’sirida miya maydondagi voqealarni kerakli va keraksizga ajratadi - bu behuda harakatlarni amalga oshirmaslikni ta’minlaydi. Asosiysi, ko‘zoynakli futbolchi to‘pni yaqqolroq ko‘radi, vaziyatga tezroq reaksiya bildiradi.

Ko‘zoynakdan 3 xil rejimda foydalaniladi:

- Ikkala ko‘z bilan 

- O‘ng ko‘z bilan 

- Chap ko‘z bilan

Shu zaylda miya bitta ko‘z yordamida ham to‘liq axborot olishga moslashadi. Sportchi bunda asosan mushaklar va nerv tizimi orqali axborot to‘playdi. Chunki miya keraksiz axborotni chiqarib tashlaydi. Natijada futbolchi o‘z organizmini yaxshiroq his etadi. Sportchi stroboskopik ko‘zoynak bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan keyin o‘zini ancha tetik va xotirjam tutib, bor e’tiborini o‘yinga qaratadi. Ko‘zoynak miya faolligini qo‘zg‘atib, ko‘rish qobiliyatini ham yaxshilaydi. 

2020 yili stroboskopik ko‘zoynakning ko‘z va qo‘llarga ta’siri xususida ilmiy maqola chiqarildi. Unga binoan, ko‘zoynakdan doimiy ravishda foydalanish mumkin emas. Ya’ni 2-3 kunda 15 daqiqacha taqish tavsiya etilgan. Shuning barobarida bu rejim muddati 3 oydan oshmasligi lozim. Oddiy aytganda, ma’lum muddatli tanaffus zarur. Aks holda, inson salbiy oqibatlarga duch kelishi hech gap emas.


Ko‘zoynak sinovdan  o‘tkazilganmi?

Darvozabonlar murabbiylari vaqti-vaqti bilan bu texnik usulga murojaat qilib turadilar. Masalan, «Shalke» murabbiylar shtabi 7 yilcha muqaddam shunday ko‘zoynaklardan foydalangandi. Bitta ko‘zoynak bahosi - chamasi 500 yevro. Anchadan buyon neyrobiologiya sohasida ishlayotgan Sport tiklanish departamenti rahbari Aksel Buzenkel futbolchilar bilan miya neyronlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar o‘tkazadi. Shveysariya terma jamoasi vakillari ham stroboskopik ko‘zoynaklarni yaxshi bilishadi. Deylik, 10 yilcha oldin darvozabon Diyego Benalyo ilk marta ko‘zoynak taqqan bo‘lsa, hozir barcha futbolchilar undan foydalanadilar. Ehtimol, Yan Zommer ijrosidagi ajib «seyv»­lar siri ham shu ko‘zoynakdadir.

«Manchester Siti» futbolchilari esa ushbu yangilik bilan 2014/2015 yillar mavsumi arafasida Shotlandiyada olib borilgan yig‘in chog‘i tanishishgan. Rossiya terma jamoasida ham bunga qiziqish bildirganlar bor. Xususan, Igor Akinfeev yangi texnologiyaga qarshi emas. Umuman, mazkur ko‘zoynak boshqa sport turlarida ham ishlatiladi. Masalan, basketbol yulduzi Maykl Jordan o‘z o‘yinini kuchaytirish maqsadida maxfiy ravishda yangi texnologiyaga murojaat qilgan.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:00, 03.02.2023.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.