Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 02:00 Panama 0-2 Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya 2-1 Gana
28/06 04:30 Kongo DR 3-1 O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya 0-0 Portugaliya
28/06 07:00 Jazoir 3-3 Avstriya
28/06 07:00 Iordaniya 1-3 Argentina
28/06 23:59 JAR 0-1 Kanada
29/06 22:00 Braziliya 0-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya - Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya - Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya

Messi "Barselona"ga qaytishi mumkin ekan

Messi "Barselona"ga qaytishi mumkin ekan

Baho:
+1 | -

Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, "PSJ" va Lionel Messi o‘rtasida argentinalik Parijda qolish muddatini uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuv yo‘q, bu 35 yoshli futbolchining “Barselona”ga qaytishi mumkinligiga ishora qilmoqda.

Avvalgi xabarlarda Messi Qatardagi Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng Fransiyada qolib, “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirishi aytilgandi, biroq Ben Jeykobs klub hujumchi bilan og‘zaki kelishuvga ega emasligini ta’kidlagan edi.

Bu argentinalik futbolchining "Kamp Nou"ga qaytishini istagan "Barselona" muxlislari uchun xushxabar bo‘lishi mumkin.

Xavi Ernandes avvalroq Messining "Barselona"ga qaytishi, agar futbolchi bunga rozi bo‘lsa, hali ham imkoni borligini aytib o‘tgandi:

"U nimani xohlaydi, nimani his qiladi. Albatta, "Barselona" har doim Messining uyi bo‘lgan. Leo uchun eshiklar ochiq bo‘ladi, ayniqsa men bu yerda murabbiy bo‘lsam", degan edi Xavi.

Kiritildi: 12:15, 04.02.2023.
O'qildi: 2580 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик