Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Umarbek Eshmurodov O‘zbekiston milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Umarbek Eshmurodov O‘zbekiston milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qarshining “Nasaf” klubi himoyachisi Umarbek Eshmurodov terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.

Tajribali futbolchi Instagram sahifasida terma jamoa libosidagi suratini joylab, o‘zining ushbu qarorini quyidagicha izohlagan:

“Milliy terma jamoa — orzu, sharaf, or-nomus, g‘urur... Endi muxlis sifatida davom etamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!” deb yozadi Eshmurodov.

Ma’lumot o‘rnida, Umarbek Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor 2020-yilning 23 fevral kuni Belarus terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “oq bo‘rilar” safida jami 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlanganidan so‘ng qabul qilindi. Endilikda 33 yoshli futbolchi o‘zining professional faoliyatini faqatgina klub miqyosida davom ettiradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 02:43, 29.06.2026.
O'qildi: 2981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик