Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bunaqasi bo‘lmagan! Korrea zahiraga olingach, gol muallifiga aylandi (video)

Bunaqasi bo‘lmagan! Korrea zahiraga olingach, gol muallifiga aylandi (video)

Baho:
+ | -

 Evropaning top-ligalarida bunaqa voqea bo‘lganini eslay olmaysiz. Ispaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Xetafe" uchrashuvida gol muallifi zahiraga olingan futbolchi bo‘ldi! Argentinalik Anxel Korrea futbol tarixga kirdi va u bilan birga hakam Antonio Laos ham bor.

"Atletiko" bu mavsumda ham omadsiz ishtirok etmoqda. Diyego Simeone shogirdlari chempionlik uchun kurashish o‘rniga, hatto to‘rtinchi o‘rin ham xavf ostida ekanini his qilib, Chempionlar ligasi zonasiga zo‘rg‘a ilinib turishibdi. "Ayiqlar"ning so‘nggi o‘yinlarida ishlar yaxshilana boshlaganga o‘xshaydi, ammo bu turda yana muvaffaqiyatsizlik. Madridliklar o‘z maydonida oxirgi olti turda beshta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va quyi ligaga tushib ketish zonasida turgan "Xetafe"ga ikki ochko taqdim etdi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida qiziq epizod sodir bo‘ldi. Madridliklar yaxshi hujum uyushtirdi, Toma Lemar darvozaga zarba yo‘lladi, Korrea esa qaytgan to‘pni darvozaga kiritdi. Ammo gol hisobga olinmadi, chunki hakamlar argentinalik futbolchini ofsaydda deb hisoblashdi. Voqealarning bunday tus olishidan hafsalasi pir bo‘lgan Korrea darhol maydonni tark etdi - uning o‘rniga Yannik Karrasko tushdi.

Anxel skameykaga o‘tirdi va tez orada u hali ham gol muallifiga aylanishi mumkinligini tushundi! Videotakrorni o‘rganib chiqib, Laos "Atletiko" foydasiga qaror qildi. "Atletiko" futbolchilari allaqachon futbolkasi ustidan issiq kurtka kiyib olgan almashtirilgan Korreani quchoqlashga shoshilishdi. Bu juda kulgili ko‘rinardi. 

Shunga qaramay, "Atletiko" minimal g‘alabani qo‘lga kirita olmadi. O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida "Xetafe" penalti ishlab oldi. Borxa Mayoralning boshi bilan yo‘llagan zarbasidan keyin Saulning qo‘liga to‘p tegdi. Enes Unal 11 metrlik jarima zarbasidan muvozanatni tikladi. 

Aytgancha, Unal ushbu uchrashuvda eng ko‘p zarba bergan futbolchiga aylandi - u olti marta "Atletiko" darvozasiga zarba yo‘llagan urindi.

"Bu juda kam uchraydigan narsa", - dedi Korrea o‘yindan so‘ng DAZN nashrida o‘z golini izohlar ekan. “Maydonda g‘alati tuyg‘u bor edi. Hakamlar qarorlari shubhali bo‘lib tuyulgan bo‘lsada, ofsayd deb hioblashdi. Murabbiy almashtirish haqida ogohlantirdi va men maydonni tark etdim. Yaxshiyamki, gol inobatga olindi”.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:34, 05.02.2023.
O'qildi: 4807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.