Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

So‘nggi 20 yil ichida Krishtianu Ronalduning imidji qanday o‘zgardi?

So‘nggi 20 yil ichida Krishtianu Ronalduning imidji qanday o‘zgardi?

Baho:
+1 | -

Portugaliyalikning tug‘ilgan kunida biz uning nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini eslab o‘tamiz.

2003 yil “Sporting”/”MYU”

18 yoshida Ronaldu "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibida debyut qilgan. U "Real"ga ketgan Devid Bekxemning o‘rnini egallashi kerak edi.

2004 yil “Manchester Yunayted”

Krishtianu bir yil oldin Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan va jamoa bilan Yevro-2004da kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2005 yil “Manchester Yunayted”

Sovrinlarsiz o‘tgan yil. Angliya kubogi finalida Ronaldu 120 daqiqa o‘ynadi, ammo penaltilar seriyasida “Arsenal” kuchliroq edi.

2006 yil “Manchester Yunayted”

Krishtianu jahon chempionatida debyut qildi. Portugaliya yarim finalga chiqdi va turnirda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

2007 yil “Manchester Yunayted”

Birinchi Premyer-liga chempionlifi! Ronaldu chempionatda 17 ta gol urib, mavsumning uchinchi to‘purari bo‘ldi.

2008 yil “Manchester Yunayted”

Krishtianu nafaqat Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, balki o‘zining ilk "Oltin to‘p"ini ham oldi.

2009 yil “Manchester Yunayted” / “Real Madrid”

Ronaldu ham xuddi olti yil avval Bekxem kabi klubini almashtirdi. Portugaliyalik uchun o‘shanda 94 million yevro to‘lagan, bu jahon rekordi edi.

2010 yil "Real"

Terma jamoada Krishtianu uchun ishlar yaxshi ketmadi. Portugaliya jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqdi va u yerda bo‘lajak champion Ispaniyaga yutqazdi.

2011 yil "Real"

Ronaldu Madrid klubi bilan Ispaniya kubogini yutib, ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

2012 yil "Real"

Krishtianuning La Ligadagi uzoq kutilgan g‘alabasi Madrid klubidagi uchinchi mavsumdir.

2013 yil "Real"

Ronaldu jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kirita olmadi. Ammo u shunchalik zo‘r ediki, ikkinchi "Oltin to‘p"ini oldi.

2014 yil "Real"

Yana bir kuchli unvonkar yili: Ispaniya kubogi, Chempionlar ligasi (“Real”ning uzoq kutilgan “Desima”si), UEFA Superkubogi. Va natijada Krishtianu uchinchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi.

2015 yil "Real"

Ronaldu bu yilda kuboklar yutmadi, lekin bir mavsumda 61 ta gol urdi.

2016 yil "Real”

Terma jamoa bilan Krishtianuning asosiy unvoni. Portugaliya nihoyat Yevropa chempioni bo‘ldi. Chempionlar ligasidagi g‘alaba va to‘rtinchi “Oltin to‘p” unga nasib qildi.

2017 yil "Real"

La Liga, Chempionlar Ligasi va beshinchi "Oltin to‘p"ni oldi.

2018 yil “Real Madrid”/“Yuventus”

Rossiyadagi jahon chempionatidan so‘ng "Real" bilan yana Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Krishtianu klubini o‘zgartirishga qaror qildi.

2019 yil “Yuventus”

Va darhol Italiya chempioni bo‘ldi. A seriyada Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Terma jamoa bilan esa Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.

2020 “Yuventus”

Krishtianuning ikkinchi A Seriya chempioni va yilning eng yaxshi futbolchisi.

2021 yil "Yuventus" / "Manchester Yunayted"

Ko‘p o‘tmay Ronaldu Italiyada zerikib, yoshligidagi klubiga qaytdi.

2022 “Manchester Yunayted”

Krishtianu jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqa olmadi. Va janjal bilan klubni tark etdi.

2023 yil "An-Nasr"

Ronaldu Yaqin Sharqda qanday harakat qiladi? U birinchi golini endigina kiritdi.

Kiritildi: 14:17, 05.02.2023.
O'qildi: 2559 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.