Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Nyukasl»ning yuqorilashi 10 ta faktda

«Nyukasl»ning yuqorilashi 10 ta faktda

Baho:
+ | -

Himoya, farq, tushib ketmaslik kafolati. «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau dekabr oyida qat’iy ohangda gapirgandi: «Hammasi o‘z qo‘limizda. Ha, mavsumning ikkinchi yarmi qiyinroq kechishi tayin, lekin bu tabiiy holatdir. Muhimi, bizda ishonch kuchli va katta chorlovlarni qabul qilishga tayyormiz». Aftidan, «Nyukasl» chindan ham, taraqqiyotning yangi bosqichiga kirishgan ko‘rinadi. Har holda, «qarg‘alar» hozirda APL turnir jadvalining 3-qatorida borishmoqda. Quyidagi 10ta qisqa fakt esa «Nyukasl»ning joriy mavsum darhaqiqat, zo‘r o‘ynayotganiga dalolat beradi.

1). «Nyukasl» APLda qatorasiga 6ta o‘yindan buyon gol qo‘yib yubormayapti. «Qarg‘alar» chempionatda oxirgi marta o‘tgan yilning 6 noyabr kuni «Sautgempton» bilan bahsda gol qabul qilishgandi.

2). «Nyukasl» joriy mavsum atigi ikki o‘yinda 1tadan ko‘p gol qo‘yib yubordi. Bular ham avgust, ya’ni chempionat startida kuzatilgandi: «Manchester Siti» (3:3) va «Liverpul» (1:2)ga qarshi bahslarda. O‘z yo‘lida duch kelgan raqibni uslub jihatidan yo‘q qilayotgan «Arsenal»ga esa gol urish imkoniyati berilmadi.

3). «Nyukasl» APLda qatorasiga 15ta o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti - bu klub tarixidagi rekord seriya. «Qarg‘alar» avgust oxirida «Liverpul»ga yutqazishganidan keyin 9ta g‘alaba va 6ta durang qayd etishdi.

4).  «Nyukasl» APLda oxirgi marta sentyabr oyi o‘rtalarida «Bornmut» bilan bahs (1:1) davomida hisobda ortda bordi. Birinchi bo‘limda esa oxirgi marta avgust oxirida gol qo‘yib yuborgandi: «Vulverxempton» bilan uchrashuv (1:1)da.

5). «Nyukasl» parvozining asosiy kaliti - ishonchli himoya. Jamoa APL doirasidagi 20ta o‘yinda atigi 11ta gol qabul qildi - bu chempionatdagi eng yaxshi natija. Darvoqe, «qarg‘alar» o‘tgan mavsum atigi 4ta turda shuncha gol qo‘yib yuborishgandi. 

6). «Nyukasl»da gollar nisbati }22ni tashkil etmoqda. Jamoa mavsum-2013|2014dan buyon APLda ijobiy farq qayd etmagandi. «Qarg‘alar» o‘shanda atigi }5 natijasiga erishishgandi.

7). Oldingi mavsumlarga nisbatan muhim qiyos: «Nyukasl» quyi divizionga tushib ketmaslik masalasini deyarli hal qildi. Har holda, mavsum-2010|2011dan buyon kamida 39 ochko to‘plagan biror jamoa elita bilan xayrlashmadi.

8). Yana bir yaxshigina belgi: mavsum-1995|1996dan buyon chempionat yarmiga kuchli to‘rtlikda yetib kelgan jamoalarning 89 foizi yakunda o‘z pozisiyasini yo‘qotmagan. Qolaversa, faqat 6 foiz jamoagina finishda yuqori oltilikdan tushib qolgan.

9). Darvozabon Nik Poup - yuksalish qahramonlaridan biri. Angliyalik futbolchi APLning eng yaxshi darvozaboniga atalgan «Oltin qo‘lqop» sovrini - sari dadil qadam bommoqda: hozircha hisobida 12ta «quruq» o‘yin bor. Poupning bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi Aaron Remsdeyl («Arsenal»)da 9ta «quruq» o‘yin bor. Yana bir tomoni shuki, oxirgi 10 yil davomida darvozabonlarning asosiy individual sovrini klassik top-6 tarkibiga kiruvchi klublar vakillaridan ortmagan va Poup ushbu an’anani buzish uchun yetarli imkoniyatga ega. 

10). Bonus: bugungi «Nyukasl» o‘ziga xos omad manbaiga ega - himoyachi Sven Botman (albatta, maydondagi effektli harakatlari tufayli). Diqqat, Botman maydonga tushgan 17ta o‘yinda «qarg‘alar» biror marta mag‘lubiyatga yuz tutishgani yo‘q.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:00, 05.02.2023.
O'qildi: 1242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.