Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Jeymi Karrager: "Erling Xoland butunlay xato qaror qabul qilgan. U "Manchester Siti"ga o‘tmasligi kerak edi"

Jeymi Karrager: "Erling Xoland butunlay xato qaror qabul qilgan. U "Manchester Siti"ga o‘tmasligi kerak edi"

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi va "Sky Sports" muxbiri Jeymi Karrager Erling Xoland haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra Xoland "Manchester Siti"ni tanlab, "katta xato"ga yo‘l qo‘ygan.
22 yoshli hujumchi o‘tgan yozda 51 million funt evaziga "Borussiya Dortmund"dan olib kelingandi. Norvegiyalik futbolchi hozirga qadar 25 ta golga mualliflik qilishga ulgurdi. APLdagi yana 6 ta gol, Xolandni Yevropa tarixidagi eng sermahsul futbolchiga aylantiradi. Erling, shuningdek, mavsum davomida 4 ta xet-trik qayd etdi.

Shunga qaramay, ayrimlar Xolandni "Manchester Siti"ning ӯyin kartinasini yomonlashtirganda ayblamoqda. Pep Gvardiola shogirdlari chempionlik uchun kurashda "Arsenal"ga imkoniyatni boy bermoqda. "Shaharliklar" kecha "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘lib, chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini yomonlashtirgandi. Ushbu o‘yinda Erling Xoland juda ham yomon harakat qildi. U raqib darvozasiga birorta aniq zarba bera olmay, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan. Shundan keyin, 22 yoshli hujumchi yana tanqidlarga uchradi. Jeymi Karrager Xoland tanqidchilari ichida bor edi. U shunday deydi:

"Menimcha, u "Manchester Siti"ga o‘tib katta xatoga yo‘l qo‘ygan. Bu jamoa Xolandning bor imkoniyatlarini ochib bera olmaydi. Bugungi o‘yin bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. Masalan, "Manchester Siti"ning qolgan futbolchilari bu mavsumda Xoland urgan gollarga teng golni urgan. Ammo ayni paytda, bu klub har yilgidan ko‘proq gol o‘tkaza boshladi. Gvardiola jamoasi bilan qarshi hujumda o‘ynash osonroq bo‘lib qoldi.

"Manchester Siti" tengma-teng futbolga o‘rganmagan. Bu jamoa o‘zi kabi hujumkor o‘ynaydigan jamoa qarshisida zaif ko‘rinadi. Chunki Gvardiola shogirdlarini faqat hujumga o‘rgatadi. Erling Xoland hozir 25 ta gol urishga ulgurdi. Lekin menimcha, bu futbolchining bor kuchini hali ko‘rishga ulgurmadik. Men futbolchini bunda ayblamayman. 25 ta gol ham katta natija. Ammo, menga Xoland faqat 60-70 foiz kuchinigina ko‘rsatayotgandek tuyuladi. Muxlislar Xolandning nimalarga qodir ekanini hali yaxshi bilmaydi. Bu uchun u "Manchester Siti"dan boshqa jamoada bo‘lishi kerak. Istaysizmi yo‘qmi, Xoland nechta gol ursa ham, uning qolgan jamoadoshlari qo‘shilishib, shuncha gol urmoqda. Bu esa yaxshi signal emas. Bu butun bir jamoa Xolandga bog‘lanib qolayotganini anglatadi".

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:37, 06.02.2023.
O'qildi: 3914 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.