«Real» klubi sobiq futbolchisi Isko faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Calciomercato" tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining xizmatlari «Roma» klubiga taklif etildi. Rimliklar Nikolo Dzanyoloni boshqa jamoaga transfer qilishsa, uning o‘rnini Isko bilan to‘ldirishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida. Isko 2022 yilning avgust oyida erkin agent sifatida «Sevilya» bilan shartnoma imzolagandi. Dekabr oyida tomonlar shartnomani bekor qilishdi.