Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Keyn: "Bu natijaga muxlislar ko‘z o‘ngida erishish yoqimli"

Keyn: "Bu natijaga muxlislar ko‘z o‘ngida erishish yoqimli"

Baho:
+ | -

Kecha, 6 fevral kuni Angliya Premyer-ligasining 22-turi doirasidagi o‘yinda “Tottenxem” “Manchester Siti”ni minimal hisobda mag‘lub etdi (1:0).

"Shporlar"ga g‘alabani hujumchi Xarri Keyn kiritgan gol keltirdi va u shu tufayli klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. 29 yoshli angliyalik futbolchi 267 ta gol urib, Jimmi Grivzning 1970 yildan beri qayd etgan rekordini ortda qoldirdi.

"Bu juda yoqimli. Buni bu yerda, muxlislari oldida, o‘yinda g‘alaba qozonish – bu shunchaki sehrli tuyg‘u. Bu men orzu qilgan hamma narsa. Men so‘nggi bir necha hafta davomida bu haqda gapiryapman va men buni ushbu o‘zgacha joyda va ajoyib muxlislar oldida qilishni xohlardim.

11 yoshimdan beri shu yerdaman. Buning ortida ko‘p mehnat, fidoyilik bor. Dushanba oqshomida "Sanderlend"ga qarshi "Uayt Xart Leyn"da bo‘lib o‘tgan Premyer-ligadagi birinchi o‘yinimni eslayman va bu maqsadga erishish yoki hattoki ligada 200 ta gol urish haqida o‘ylamagandim.

Bu shunchaki yoqimli lahza va hozir hammasini qabul qilish qiyin. Ishonchim komilki, ulg‘ayganimda va kasbiy faoliyatimga nazar tashlasam, bundan albatta faxrlanaman.

Bu yil hali qiladigan ishlarimiz ko‘p, qo‘llab-quvvatlashda davom eting va bu bizni qayerga olib borishini ko‘rishda davom etamiz”, - dedi Keyn Sky Sports bilan suhbatda.

Kiritildi: 12:36, 07.02.2023.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик