Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘rtoqlik o‘yini. «Nasaf» Gruziya klubini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Nasaf» Gruziya klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -1

«Nasaf» bugun Turkiyadagi yig‘in doirasida navbatdagi 5-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qarshiliklarning bugungi raqibi Gruziyaning «Dila» jamoasi bo‘ldi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi.

51-daqiqada Bozorovdan to‘pni qabul qilgan Abdurahmatov raqib jarima maydoni yonida qulay vaziyatda turgan Eshmurodovga to‘pni uzatdi. Umar bir zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

60-daqiqada esa Nasrullayevning amalga oshirgan burchak to‘pidan so‘ng Eshmurodov yana bir bor raqib darvozasiga zarba berishga harakat qildi, biroq to‘p Mozgovoyga borib tushdi. Akmal qulay imkoniyatdan unumli foydalanib hisobni o‘zgartirdi — 2:0.

Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Nazorat o‘yini
«Nasaf» - «Dila» (Gruziya) - 2:0 (0:0)
Gollar: Umar Eshmurodov (51), Akmal Mozgovoy (60)
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 9. Javohir Sidiqov, 10. Husayn Norchayev, 18. Bahrom Abdurahimov, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov
«Dila»: 1. Buliskeriye D., 2. Chiteishvilli R., 3. Silva V., 4. Dzotenidze I., 5. Tevzadze N., 6. Santos A., 7. Gomes O., 8. Gagnidze N., 9. Tseuxladze N., 10. Viktor J., 11. Geil T.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:02, 07.02.2023.
O'qildi: 2148 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик