"Lasio" bosh murabbiyi Maurisio Sarri "Atalanta"ga qarshi o‘yinni tish shifokoriga borishga qiyosladi.
"Atalanta" jismonan kuchsiz bo‘lsa, bu oddiy jamoa. Ammo jismonan yaxshi holatda bo‘lsa, ular juda kuchli. Ertaga dahshatli o‘yin bo‘ladi, ularga qarshi o‘ynash tish shifokoriga borishga o‘xshaydi", - deya Sarri so‘zlarini keltiradi Correira Della Sport.
"Lasio" - "Atalanta" uchrashuvi ertaga Rimdagi "Olimpiko" stadionida soat 00:45da bo‘lib o‘tadi.