Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

6 nafar futbolchining «Yangiyer quruvchi» bilan shartnomasi bir taraflama bekor qilindi

6 nafar futbolchining «Yangiyer quruvchi» bilan shartnomasi bir taraflama bekor qilindi

Baho:
+ | -

Futbolchilar Azizjon Ahrorov, Asadbek Mustafoqulov, Behruz Haydarov, Ahadjon Abdurahmonov, Otabek Ikromov, Ikrom Ataboyev va murabbiy Jahongir Abdurashidov 23 yanvar kuni «Yangiyer quruvchi» futbol klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha vujudga kelgan nizoli vaziyat yuzasidan Ligaga murojaat qilgandi. 10 fevral kuni mazkur masala Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitada ko‘rib chiqildi.

«Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglamenti»ning 14-moddasi 1-bandida futbol klubi qonunga hilof tarzda futbolchiga kamida ikki oylik ish haqini tegishli sanada to‘lab bermasa, futbolchi shartnomani bekor qilish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, futbolchi qarzdor klubni yozma ravishda xabardor qilib, uning moliyaviy majburiyatni to‘liq bajarishi uchun 15 kalendar kunilik muddat taqdim etishi kerak. Shundan kelib chiqib, murojaat qiluvchilar 23 yanvar kuniyoq rasmiy arizani klubga taqdim etgandi. Biroq «Yangiyer quruvchi» futbol klubi futbolchilar va murabbiy oldidagi ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf qilmadi.

Qo‘mita yig‘ilishida futbolchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida «Yangiyer quruvchi» futbol klubining o‘z ishchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani, ish haqi va boshqa to‘lovlar yarim yildan buyon to‘lanmasdan kelayotgani, futbolchilar 2023 yilning 23 yanvar kuni ish beruvchini belgilangan tartibda ogohlantirib, mehnat shartnomasini muddatidan oldin ishchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinishi to‘g‘risida murojaat qilganiga qaramay, qarzdorlik bartaraf etilmagani aniqlandi. Shundan kelib chiqib, futbolchilar va murabbiy murojaati qanoatlantirildi hamda ular erkin agent maqomiga ega ekanligi qayd etildi.  

Qo‘shimchasiga, «Yangiyer quruvchi» futbol klubiga 2023 yilning 20 fevral sanasiga qadar yuqoridagi qarzdorlikni to‘liq bartaraf etish majburiyati yuklatildi. Belgilangan muddat ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, «Yangiyer quruvchi» futbol klubining Birinchi liga uchun yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishiga nisbatan taqiq qo‘yilishi belgilandi.  

Yig‘ilishning ikkinchi qismida «Bunyodkor» futbol klubi va bosh murabbiy Ivan Boshkovich o‘rtasida 2022 yilning 6 iyul kuni imzolanib, belgilangan tartibda Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan mehnat shartnomasiga shu yilning 27 dekabr kuni qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgani, biroq mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar aks etgan shartnoma Ligadan ro‘yxatidan o‘tkazilmagani masalasi muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, «Bunyodkor» futbol klubi bosh murabbiy bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishda belgilangan talabga rioya qilmagani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha «Bunyodkor» futbol klubiga nisbatan intizomiy chora qo‘llashni ko‘rib chiqish masalasi Tartib intizom qo‘mitasiga oshirildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:15, 11.02.2023.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик