Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Odil Ahmedov akademiyasi va ROPSTTM hamkorlikda «Olimpiya» jamoasiga asos soldi

Odil Ahmedov akademiyasi va ROPSTTM hamkorlikda «Olimpiya» jamoasiga asos soldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise prezidenti, sobiq futbolchi Odil Ahmedov futbol akademiyasi hamda Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘zaro hamkorlikda “Olimpiya” futbol jamoasini tashkil etdi. Bu haqida PFL matbuot xizmati xabar qildi.

“Liga o‘z ustavi asosida “Olimpiya” jamoasini Birinchi Liga musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Odil Ahmedov football academy'da ayni vaqtda 9 yosh toifasidagi jamoalar mavjud bo‘lib, ular so‘nggi yillarda muntazam ravishda respublika musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. 5 yil davomida mazkur maktab bolalar-o‘smirlar futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurganligini uning tarbiyalanuvchilari turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalariga jalb qilinayotgani, bir nechta tarbiyalanuvchi esa allaqachon professional shartnoma imzolashga ulgurganligi bilan izohlash mumkin.

Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan o‘zaro memorandum asosida akademiyaning bir qator futbolchilari mazkur markazda tahsil oladi. Shuningdek, akademiya markaz sport bazasidan foydalanish shartida uning infrastrukturasiga investisiya kiritib keladi. Endilikda hamkorlik natijasida yosh futbolchilar Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarga qadam qo‘yadi. “Olimpiya” Birinchi Ligadan tashqari O‘zbekiston Kubogi musobaqasida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2022 yilgi mavsumda Liga Samarqandning “Yunired” hamda Andijonning “Andijon SGS” jamoalari bilan xuddi shu ko‘rinishda hamkorlik qilgandi. 2023 yilda “Do‘stlik Toshkent”, “Olimpiya” kabi jamoalar lisenziyalash talablari asosida professional futbolga tayyorlab boriladi. Liga bosqichma-bosqich respublikaning davlat ishtiroki mavjud bo‘lgan futbol maktablari hamda akademiyalarini professional futbol bilan bog‘lash masalalarini shakllantirib bormoqda”, — deyiladi PFL bayonotida.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:30, 15.02.2023.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.