Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Manchester Yunayted" so‘nggi bor "Barselona" bilan uchrashganida tarkibda kimlar bor edi?

"Manchester Yunayted" so‘nggi bor "Barselona" bilan uchrashganida tarkibda kimlar bor edi?

Baho:
+ | -

Erik ten Xag boshchiligidagi "MYU" Barselona shahriga yo‘l oldi. "Qizil iblislar" Kataloniyaga "Barsa"ni so‘nggi o‘n besh yilda ilk bor yer tishlatgani bormoqda. Ingliz giganti Yevropa ligasi, o‘tish o‘yinlarida YECHLdan quruq qolgan jamoalardan biri bo‘lgan "ko‘kanorranglilar" bilan to‘qnashadigan bo‘ldi. "MYU" bu jamoaga so‘nggi to‘rtta to‘qnashuvda imkoniyatni boy bergan. Ular ichida 2009 va 2011 yilgi YECHL finallari hamda 2019 yildagi chorak final bahsi mavjud.

"Manchester Yunayted" so‘nggi bor 2008 yilgi mavsumda "Barselona"ni mag‘lub etgan. O‘shanda kataloniyaliklarni Frank Raykard boshqarardi. Birinchi davra 0-0 hisobidagi durang bilan yakun topadi. Angliyadagi javob uchrashuvida esa "qizil iblislar" minimal hisobda zafar quchgan (0-1). O‘yin taqdirini hal qilgan golni o‘shanda Pol Skoulz kiritgandi. Keyinchalik sobiq yarim himoyachi golning kiritilishi, tasodif bo‘lganini aytadi.

Ayni damda o‘sha afsonaviy lahzalarda qizil libosda harakat qilganlarning atigi ikkitasigina bugungi kunda professional faoliyatini davom qilmoqda. Shulardan biri yaqinda "MYU" safini tark etib ketgan Ronaldu bo‘lsa, boshqasi "Brayton" hujumchisi Denni Uelbekdir. "Barselona" mag‘lub etilgan tunda hujum chizig‘ida Krishtianu Ronaldu hamda Karlos Teves bor edi.

Yarim himoyada Pol Skoulz va Maykl Karrik harakat qilgan. Ta’kidlash joizki, Karrik ayni damda murabbiylik bilan shug‘ullanib, "Midlsbro"ni APLga qaytarish topshirig‘ini ado etmoqda. Qanot hujumchilari sifatida Luish Nani hamda Pak Ji Son tanlab olingan. Fergyuson himoya uchun Ouen Xargrivs, Rio Ferdinand Ues Braun hamda Patris Evralarni ma’qul ko‘rgandi. Darvozada Edvin van der Sar nomi qayd etiladi. Bahs davomida, shuningdek, Darren Fletcher, Rayan Giggs va Mikael Silvestr zaxira varianti sifatida foydalanilgan edi. Foydalanilmagan, lekin qaydnomaga kiritilganlar ichida Uelbekdan tashqari Tomas Kushchak, Anderson va Jon O'Shilar bo‘lgan.

"Barselona" tomonda esa faqatgina Lionel Messi hali-hamon futbol o‘ynamoqda va u YECHL bahslarida "PSJ" bilan qatnashayapti. Katalon klubi tarkibi o‘shanda quyidagicha edi: Puyol, Andreas Inyesta, Yaya Ture, Samyuel Eto'o, Xavi va Tyerri Anri.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "MYU" o‘rtasidagi bahs 16 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45da start olishi belgilangan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 01:00, 16.02.2023.
O'qildi: 5000 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.