Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Bu qiziq fakt va ma’lumotlarni bilarmidingiz?

Bu qiziq fakt va ma’lumotlarni bilarmidingiz?

Baho:
+ | -

Barchaga ma’lumki Angliya Premyer-ligasi hozirda jahonning eng kuchli ligasi bo‘lib turibdi. Quyida ushbu ligaga oid bir qancha qiziqarli faktlar va ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

— Teo Uolkott Arsen Venger boshqaruvidagi "Arsenal" safida eng ko‘p maydonga tushga 3-futbolchi hisoblanadi - 270 o‘yin. Undan faqat Patrik Viyeyra (276) va Denis Bergkamp (277) ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.

— Tyerri Anri "Arsenal" safida harakat qilib yurgan vaqtlari Fransiyaning quyi ligasi o‘yinlarini kuzatib borgan. Sababi: o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratishi uchun.

— "Aston Villa" hamda "Arsenal" APLda 60 o‘yinlik o‘zaro tarixida hech qachon golsiz durang o‘ynamagan.

— "Chelsi"ning eng qimmat transferi Enso Fernandesga ota-onasi urugvaylik mashhur futbolchi Enso Francheskoli ismini qo‘yishgan. Shuningdek, Zidan ham to‘ng‘ich o‘g‘lining ismini Enso ko‘ygan.

— Xarri Keyn APLning barcha oyida va haftaning hamma kunlarida gol urgan yagona Premyer-liga futbolchisi hisoblanadi.

— "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers "MYU"ning afsonaviy bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyusondan so‘ng Shotlandiya va Angliya kubogini yutgan ilk murabbiy hisoblanadi.

— "Sautgempton"ning kechagina ishdan bo‘shatilgan sobiq bosh murabbiyi Natan Jonsga yoshligida oilasi hech qachon yakshanba kunlari futbol o‘ynashga ruxsat bermagan. Sabab: ota-onasining nasroniylik diniga bo‘lgan e’tiqodi.

— Angliyaning quyi liga vakili bo‘lgan "Salford Siti"ning o‘z veb-saytida klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Chunki 2009 yilda klub bazasida yuzaga kelgan yong‘in barcha arxivlarni yo‘q qilgan. Jamoada faqat yaqin 14 yillikning to‘purarlar ro‘yxati bor.

— "Everton"ning yangi bosh murabbiyi Shon Daych dastavval klubga kelganida, mavsum oxirigacha o‘rinbosarlarga murabbiy bo‘lishni istagandi.

Kiritildi: 22:21, 16.02.2023.
O'qildi: 1513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.