Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Oʻzbekiston va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun OʻFAda Yaponiyaning futbol assotsiatsiyasi Xirosima boʻlinmasi vakillari Tomohito Xirasava va Yutaka Ide ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida futbolni rivojlantirish borasidagi harakatlar yangi bosqichga chiqqanligini eʼtirof etdi. Xususan, 2022-yil Yaponiyada boʻlib bir nechta xalqaro musobaqalarda turli yoshdagi terma jamoalarimiz ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarga ega chiqqanligi, yurtimizda oʻtkazilgan turnirlarda esa yaponiyalik futbolchilar doimiy ravishda ishtirok etib kelayotgani qayd etildi. Shuningdek, yurtimizda yaponiyalik mutaxassislar faoliyat olib borayotgani eʼtiborga loyiq.

Kun tartibiga koʻra, tomonlar turli jamoalar oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkillashtirish, Yaponiyada oʻtkaziladigan xalqaro turnirga Oʻzbekiston terma jamoalarini jalb etish yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.

Yaponiyalik mutasaddilar Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama doʻstlik va hamkorlik aloqalaridan mamnun ekanligini aytib, yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:02, 17.02.2023.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик