Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Pedrisiz «Barselona»ning ahvoli tang!

Pedrisiz «Barselona»ning ahvoli tang!

Baho:
+ | -

Pedri Yevropa Ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida (2:2) jarohat oldi. Klubning matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruvlar ispaniyalik futbolchining o‘ng oyog‘ining son qismidan jarohat olganini tasdiqlagan.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Pedri keyingi 6 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi va 19-mart kuni La Liga doirasida «Real»ga qarshi o‘yingacha tiklanishi kerak. Ammo bu o‘yindan oldin ham Xavida 4 ta qiyin sinov bo‘ladi: «Real Madrid» (kubokda), «Manchester Yunayted» (EL javob o‘yini), «Atletik Bilbao» va «Valensiya».

Pedri - Yevropadagi eng yaxshi pre-assist va uning ko‘rish qobiliyati va tezkor paslari darhol o‘z samarasini beradi. 2021/22 yilgi mavsumdagi statistik ma’lumotlar shundan dalolat beradi: Pedri bilan kataloniyaliklar 36 ochkodan 32 ochko (88,9%), usiz 78 ochkodan 41 ochko (52,5%) to‘plashdi.

Kiritildi: 23:20, 18.02.2023.
O'qildi: 6114 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик