Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Yevropa top chempionatlarida holat qanday? Hali birorta ligada intriga o‘lmagan

Yevropa top chempionatlarida holat qanday? Hali birorta ligada intriga o‘lmagan

Baho:
+ | -

 Evropada top chempionatlar qiziqarli pallasiga allaqachon yetib keldi. Kecha barcha ichki musobaqalarning tur uchrashuvlari deyarli yakuniga yetdi. Ba’zi ligalarning g‘olibi bo‘lish uchun favoritlar ajrali bchiqishga ulgurdi. Yana bir-nechtasida esa chempionlik uchun kurash avjiga chiqmoqda. Quyida Yevropaning top ligalaridagi vaziyat haqida so‘z yuritamiz. 

A Seriya - "Napoli" so‘zsiz yetakchi 

 Italiya ichki chempionatida "Yuventus" jarimaga tortilgach, "Napoli"ning chempionligi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Neapolliklar bundan buyog‘iga bunaqa ajoyib o‘yini bilan 1-o‘rinni boy berishiga ko‘pchilik ishonmasa kerak. Luchano Spaletti shogirdlari A Seriyaning 23-turidan so‘ng, 62 ochko jamg‘arib peshqadamlik qilmoqda. Ularning eng yaqin ta’qibchisi "Inter" hisoblanib, "neradzurrilar"da 47 ochko bor. qolgan 15 tur ichida "Napoli" 15 ochkolik farq bilan chempion bo‘la olmasligi uchun klubda katt inqiroz bo‘lishi kerak. Ammo chempionat bu bilan o‘z intrigasini yo‘qotmaydi. 2-o‘rin uchun jiddiy kurash bo‘lishi kutilmoqda. Chempionni ta’qib qilayotgan "Inter" va 6-pog‘onadagi "Atalanta" orasida 6 ochkolik farq bor. Shuningdek, "Roma" va "Milan" Indzagi boshchiligidagi "Inter"dan 3 ochko ortda qolmoqda. Shunday ekan, nafaqat 2-o‘rin, balki kuchli 4lik uchun ham kurash kechishi tayin. Bu jamoalar orasida Chempionlar ligasida ishtirok etishni sog‘inganlar ham topiladi. Ular qatoridagi "Lasio" 42 ochko bilan 5-o‘ringa joylashgan. 

Liga 1 - "PSJ"dan oltin medalni tortib oladigan "mard" topiladimi?

 Fransiya oliy divizionida kutilganidek "PSJ" yetakchilik qilmoqda. Parijliklar 2 turda 57 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni hech kimga bermay kelyapti. Jamoaning asosiy raqibi va ta’qibchisi "Olimpik Marsel" hisobida 52 ochko bor. Keyingi turda ikki peshqadam to‘qnash keladi va bu o‘yin natijasi ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Agar "PSJ"ning qo‘li baland kelsa, poytaxtliklar raqiblaridan ancha o‘zib ketadi. "Marsel" g‘alaba qozonsa, bizga yana bir intrigani taqdim etadi. 3-o‘rindagi "Monako"da 50 ochko bor va ular ham kamida 2-o‘rin uchun kurashishi mumkin. Tarkib jihatidan ancha sodda ko‘ringan "Lens" 4-o‘rinni egallab turibdi va ular 24 turda 49 ochko jamg‘argan. Lois Openda yetakchiligidagi "Lens" ham medallar uchun kurashishga imkoniyati bor.

Ispaniya - "Real" qarab turmaydi 

Ispaniya La ligasidagi intriga unchalik yuqori emas. "Barselona" 22 turda 59 ochko jamg‘arib, Ligada g‘olib bo‘lishga yaqinroq. Ularning asosiy raqibi va tahqibchisi "Real" hisobida esa 51 ochko bor. Bir qaraganda, 8 ochko katta farq emasdek ko‘rinadi. Ammo Xavi va "Barselona" ajoyib formaga tushib olgan va ular darvozasiga ligadagi jamoalarning yo‘l topishi ham qiyin bo‘lib qolmoqda. "Real" esa o‘tgan mavsumdagidek barqaror ko‘rinmayapti. Anchelottining sevimli oylari endi yaqinlashayotganini hisobga olsak, "Real" hali beri taslim bo‘lmasa kerak. Ulardan 2-o‘rinni tortib oladigan jamoa ham topilmasa kerak. 3-pog‘onadagi "Real Sosyedad" hisobida 43 ochko bor. "Atletiko" esa 41 ochko bilan medallar uchun kurashmoqda. "Betis" va "Rayo Valekano" esa kuchli to‘rtlikka kirishga intilib ko‘radi. Garchi bu ish oson bo‘lmasada. 

Bundesliga - intriganing "doda"si Germaniyada 

Bundesligada noodatiy xolat! Odatda nemislar hammadan oldin chempion nomini aniqlashtirib olardi. Va bu katta ehtimol "Bavariya" bo‘lib chiqardi. Ammo bu mavsum myunxenliklarga oson bo‘lmayapti. Ular 21 turda 43 ochko jamg‘argan va bu peshqadamlik uchun kamlik qilmoqda. Shuningdek, "Borussiya D" va "Union Berlin" ham "Bavariya" bilan birdek ochko jamg‘arishgan. Bu hali hammasi emas: "Freyburg" 40, "RB Leypsig" 39 va "Ayntraxt Frankfurt" esa 38 ochko bilan kuchli uchlikni ta’qib qilib kelmoqda. Ushbu chempionatdagi har bir o‘rin uchun yetarlicha intrigaga xavas qilsa bo‘ladi. Odatda qiziqarli tuyulmaydigan Bundesliganing ushbu mavsumi barcha ichki ligalardan ham qiziqarli bo‘lishi mumkin. Buning uchun jamoalar "Bavariya"ni endi oldinga o‘tkazib yubormasligi kerak. Sensasiya qayd etilsa ajablanmaymiz. 

Premyer-Liga - Hali hammasi chalkashib ketishi mumkin

Bundesligadagi intirga haqida aytdim. Ammo bu kurash Anliyadagi kabi bo‘lishiga ko‘zim yetmaydi. Chunki inglizlarning ligasi boshqacha jozibaga ega. "Arsenal" peshqadam va ularda 23 o‘yindan so‘ng  54 ochko bor. "To‘pchilar"dan bir o‘yin ko‘p o‘tkazgan "Manchester Siti" hisobida esa 52 ochko. Ularni taqib qilayotgan va chempionlik uchun kurashga kirayotgan "Manchester Yunayted" esa 24 turda 49 ochko jamg‘argan. Ushbu uchlik orasida eng ishonchli o‘yinni mankunianliklar ko‘rsatishmoqda va shu sabab ham ularni chempionlik uchun kurasha olishi mumkin. 4-o‘rindagi "Tottenxem" esa 24 o‘yindan so‘ng 42 ochkoga ega. Ulardan bitta kam o‘yin o‘tkazgan "Nyukasl" CHL yo‘llanmasi uchun kurashda ustun kelishi mumkin. Ammo Mavsum davomida omadsiz ko‘ringan "Liverpul"ning zahirada 2 o‘yini bor va ulardan Klopp shogirdlari maksimal 6 ochko to‘plasa "Tottenxem"ga yetib olishiga 1 ochko qoladi. Bunga esa "Fulxem" "Brayton" va "Brentford" shunchaki qarab turishmasa kerak. Negaki ular ham "Liverpul"dan kam ochko jamg‘armagan. "Chelsi" esa biroz ortda qolmoqda. Todd Boelining ishlatgan pullari o‘zini oqlasa, balki "aristokratlar" ham kuchli 4likka kirishga urinib ko‘rar, ammo bu oson bo‘lmaydi. 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:13, 20.02.2023.
O'qildi: 3672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.