Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Real" himoya chizig‘ida navbatdagi yo‘qotishga uchradi

"Real" himoya chizig‘ida navbatdagi yo‘qotishga uchradi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba YECHL 1/8 finali doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Avstriyalik futbolchi birinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Nacho o‘yinning qolgan qismini o‘tkazdi.

Futbolchining jarohatiga tashxis hozircha ma’lum emas. Tez orada David tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda, shundan so‘ng uning tiklanish vaqti ma’lum bo‘ladi.

“Enfild”da kechgan bahs 5:2 hisobida “Real”ning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv davomida madridliklar 0:2 hisobida ortda qolayotgan edi.

Joriy mavsumda Alaba Ispaniya chempionatining 19 ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 21:16, 22.02.2023.
O'qildi: 4312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик