Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Navbahor» taqdimot marosimini o‘tkazdi

«Navbahor» taqdimot marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasida "Navbahor" jamoasining taqdimot marosimini o‘tkazdi.

Marosimda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov so‘z oldi.

Viloyatimiz rahbari o‘z so‘zida o‘tgan mavsum viloyatimiz futboli uchun samarali yil bo‘lganligi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida tarixda ilk marta Namanganda 2 ta xalqaro turnir bo‘lib o‘tganligi, milliy terma jamoamiz o‘sha musobaqalarda zafar quchib, jumladan, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganligi, O‘zbek futbolining 10 yillik tantanalari viloyatimizda keng miqyosda nishonlanganligi, "Navbahor"ning asosiy tarkibi kumush medalni qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ilk marta Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘l olganligi, shuningdek, "Navbahor-farm" Birinchi ligada zafar quchib, Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritganligi, bundan tashqari, "Navbahor"ning U-19, U-16  va U-13 jamoalari ham o‘zi ishtirok etgan chempionatlarda chempion bo‘lganligi, muhtaram Prezidentimiz Namanganga tashriflari chog‘ida viloyatimiz futbolini alohida e’tirof etganliklari, shuningdek, viloyatimiz muxlislari borasida ham to‘xtalib o‘tganliklarini aytib, yangi mavsumda jamoamizga omad yor bo‘lishini tiladi.

O‘tgan mavsumda vise-chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan jamoamiz futbolchilari, murabbiylar shtabi va  klub rahbariyatiga kumush medallar topshirildi.

Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanga so‘z berildi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zida yangi mavsumda shogirdlari bilan o‘tgan yildagidan ko‘ra, yaxshiroq natijaga erishishini ta’kidlab o‘tdi.

Yangi mavsumda "Navbahor" futbolchilari ko‘k va oq futbolkalarda maydonga tushishlari ta’kidlab o‘tildi.

Jamoamiz futbolchilariga yangi mavsumda o‘ynaydigan raqamlari yozilgan futbolkalar topshirildi. Unga ko‘ra, yangi mavsumda:

O‘tkir Yusupov - 1, Xurshid Xodjayev -46, Ozodbek Ma’rupov-41, Milosh Milovich-5, Ibrohim Yo‘ldoshev - 6, Oston O‘runov - 7, Jasur Yaxshiboyev - 8, Farrux Ikromov - 9, Jamshid Iskanderov - 10, Shohruz Norxonov - 11, Jamshid Boltaboyev - 14, Abrorbek Ismoilov - 17, Temurxo‘ja Abduxoliqov - 21, Igor Golban - 22, Yovan Jokich - 23, Davronbek Hoshimov - 24, Shahboz Jo‘rabekov - 27, Luka Chermel - 31, Mamadalixon Olimov-33, Sherzodbek Abdulboriyev - 34, Asadbek Sobirjonov - 77 va Davronbek Olimjonov - 98-raqamlar ostida jamoa sharafini himoya qilishadigan bo‘ldi.

Jamoa sardori O‘tkir Yusupov  so‘zga chiqib, yangi mavsumda muxlislar ishonchini oqlash, chempionlik unvonini qo‘lga kiritishga harakat qilishlarini ta’kidladi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:18, 23.02.2023.
O'qildi: 2839 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.