«Milan» joriy mavsum uchun to‘rtinchi formani taqdim etdi. Ushbu forma "Puma" va Fransiyaning "Koché" brendlari hamkorligida tayyorlangan.
Ekipirovka uchun an’anaviy qizil-qora ranglar tanlangan bo‘lib, unda turli shakldagi naqshlar tushirilgan.
"Rossoneri" ilk marta ushbu formada 26 fevral kuni "Atalanta"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.