Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Joriy mavsumda qo‘polliklardan eng ko‘p aziyat chekkan futbolchilar: Saka, Grilish, Zaa...

Joriy mavsumda qo‘polliklardan eng ko‘p aziyat chekkan futbolchilar: Saka, Grilish, Zaa...

Baho:
+ | -

10. Ezri Konsa (39 marta)

"Aston Villa" himoyachisi o‘tgan mavsumdagiga qaraganda 4 marta ko‘proq qoida buzarliklarga duch keldi. Konsa himoyachi bo‘lsa ham, hujumlarda faol harakat qiladi. Shu sababdan uning jabr ko‘rish ko‘rsatkichi ham yuqori.

9. Bukayo Saka (40 marta)

Saka raqib himoyachilari tomonidan eng ko‘p nishonga olinadigan hujumchilardan biridir. Mikel Arteta bu borada hakamlarga murojaat qilib, Sakani himoya qilishga chaqirgandi: "Futbolchilar ahmoq emas. Ular raqibning qaysi vakili xavfli ekanini yaxshi bilishadi. Shu sababdan aynan o‘sha nomlarga qarshi faol qarshilik ko‘rsatadi. Sakani himoya qilishimiz lozim".

8. Brenden Eronson (41 marta)

Garchand "Lids" jadvalning pastki qismida ketayotgan bo‘lsa ham, bu jamoada ko‘plab talantlar bor va ular yugurishdan charchamaydi. Eronson "Lids"ga yozda olib kelingan edi. U tezda yangi jamoaga moslashib ketdi va asosiy tarkibga kirdi. U hozirga qadar 41 marta raqibdan jabr ko‘rdi.

7. Rayan Yets (42 marta)

"Nottingem" futbolchilari qolgan klublarga qaraganda ko‘proq follarga duchor bo‘lmoqda. Negaki, "o‘rmonchilar" safida 30 ta futbolchi bor va ular istalgan paytda almashishi mumkin. Yets hozirgacha qoida buzarliklarga uchragan ana shunday futbolchilar qatoriga kiradi.

6. Brunu Gimaraynsh (42 marta)

2022 yilning yanvar oyida jamoaga olib kelingan futbolchi, bu mavsumda ham fantasik o‘yinlar namoyish etmoqda. Braziliya terma jamoasi a’zosi, ӯz orzusi doimo APLda o‘ynash bo‘lganini aytib keladi. Unga nisbatan ham futbolchilar ko‘p qoida buzishadi.

5. Jarrod Bouen (45 marta)

Bouen ham boshqa jamoadoshlari kabi o‘tgan mavsumdagi darajasini namoyish etib bera olmayapti. Agarda tez orada "Vest Xem" o‘ziga kelmasa, jamoa chempionshipga tushib ketishi hech gap emas. Shunga qaramay, "bolg‘achilar" safida eng katta yulduz Bouen bo‘lib qoladi va raqib himoyachilari eng avvalo uni nishonga olmoqda.

4. Ayvan Touni (47 marta)

Touni "Brentford" uchun eng katta yulduz sifatida qoladi. U mavsum davomida 14 marta gol urishga erishdi. Touniga ta’rif berish uchun unga ishlatilgan qo‘polliklarni sanashning o‘zi kifoya qiladi. "Arilar" shu zaylda davom etsa, Yevropa sahni jamoa uchun ro‘yobga aylanadi.

3. Jek Grilish (49 marta)

Grilishni bu ro‘yxatning tepasida ko‘rishning hech bir hayratlanarli tomoni yo‘q. "Manchester Siti" hujumchisi ko‘p marotaba o‘zining harakatchan emasligi sababli tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Ammo himoyachilar hech qachon uni yaxshi ko‘rmaydi.

2. Jordan Ayyu (50 marta)

Avgust oyidan beri "burgutlar" hujumchisi naq 50 marta qoidabuzarlik evaziga to‘xtatib qolingan. Hech kim uni bunday natija qayd etadi deb o‘ylamagan bo‘lsa kerak.

1. Vilfrid Zaa (57 marta)

Zaxaning texnikasi va tezligi raqiblarni qoidabuzarlik qilishga chorlaydi. Bu hodisa uzoq vaqtdan beri sodir bo‘lib kelmoqda. Bu haqida uning o‘zi shunday degandi: "Nega menga boshqa futbolchilardan ko‘ra boshqacharoq yondoshishadi? Men bu borada hakamlarga ko‘p shikoyat qilaman. Ammo javob bo‘lmaydi. Yoki, menga qarshi qoida buzgan futbolchining qizil olishi uchun mening oyog‘im sinishi shartmi?".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:00, 25.02.2023.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.